Boşingga har qança musibat tuşsa ham, jim böl. Sukut qil. Gapirma. Imkon qadar e’tibor berma. Özingni oqimga…
Boşingga har qança musibat tuşsa ham, jim böl. Sukut qil. Gapirma. Imkon qadar e’tibor berma. Özingni oqimga taşla. Malomatlarga javob aytma. Senga kelgan sinov – törli tuzoqqa öxşaydi: har qança pitirlasang, öralib boraverasan. Sokin böl. Albatta, domdan çiqasan. Xuddi yöq kabi tur. Hujum qilganlar maqsadlariga erişa olmasinlar. Vaqt ötadi, hammasi joyiga tuşadi. Ozor berganlar nadomat çekadilar; sening yuzing yoruğ böladi. Senga azob berib, seni yengib ğalaba lazzatini totamiz deganlarga imkon yarat: ular biz zafar qozondik deb huzur qilsinlar. Holbuki, bu ular uçun foydasiz va senga esa foydali holat hisoblanadi. Sabr va uning hosili şundaydir.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.