Sabr
Ajib rivoyatlar, ajib kalomlar,
Ajib rivoyatlar, ajib kalomlar,Qissalar mavzusi – şarafing, şa’ning.Senga Haqdan yetsin nurli salomlar,Ey beor duşmanim, ey sodda ğanim!..Qalbimda jöş urar amvoji hikmat,Közimda limmo-lim kaşflar yolqini.Ey ğiybat bobida sohibi himmat,Munça ham ajoyib fikr-u talqining!Nahot şunday edi kasb – ixtisosing?!Sözlaring bermoqda sendan axborot.Yaraşmay turibdi yovlik libosi,Ey moziy qa’rida döst atalgan zot.Senga javobim yöq yoğiylik ila,Zotan, mehrim bilan ğolibman mudom.Robbimdan tun-u kun tavbalar tilab,Istiğfor daştida ayladim xirom.Senga duşmanligim yöqdir, azizim,Özingga ozgina aylagil şafqat.Kundan kun yuksalib boraman, qözim,Adovat-la yonib, kul bölma faqat.Akrom MALIK@solihbakir #audiosher
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.