Hikmat
Niyatlarga soqçi böl, ey Allohning quli,
Niyatlarga soqçi böl, ey Allohning quli,Niyatlaring tilingdan sözlanib tirilgaydir.Sözlaring daryosida umrbod ğavvos bölibÖtgaysan. Inson, şaksiz, sözidan söralgaydir.Alloh al-Hakiym, ey döst, qalbingga berkitganingBir kuni zaboningda oşkordir beixtiyor.Bu sözing yoğiy yoxud ahbobing bölib bir kunBorajak yöllaringda turgaydir zor, intizor.Öylama, niyatim şu, sözim şu, lek dunyodaKörmadim men ularning taşrifin deya hayronNiyati xayringmidur yo sözi şarringmidur –Oxirat manzilida Seni topgay begumon.Akrom MALIK2019
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.