Hikmat
Özgalar aybini körgunça, Xudo,
Özgalar aybini körgunça, Xudo,Közim kör bölsa ham roziman, rozi.Özgalar nuqsini söylar ekan to,Tilning kesilmoği – işlarning sozi.Neçun hukm aylamak – bu hadsizlik ne,Hukm aylamoq uçun kim erur qozi!..Özimning holimga qayğu çekayki,Qorayib yotibdi nomam qoğozi…Hokim Xudo erur, hukm Uniki,Neçun burun suqmoq Haqning işiga?!Banda haddin bilib saqlasin sukut,Salomatlik bölgay sokit kişiga!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.