Hikmat
Yer ustida yelding, yugurding behad,
Yer ustida yelding, yugurding behad,Tört tomoning qibla — yöl körinmagay.Közingni pardalar qoplamiş faqat,Senga uzatilgan qöl körinmagay.Közlaring kör, axir, yiqilding nogoh —Taraqlab yopildi zindon qopqasi.Quçoğiga olgaç, seni sirli çoh,Tindi bu olamning ajab ğavğosi.Közlaring könikkaç qoronğulikkaBir eşik körsatdi zindonning tubi.Eşik ham oçilgaç, ne iqbolki, buSen yölga otlanding tuproqni öpib.Hayot şunday ajib, şunday ğaroyib —Senga kutilmagan hadyalar tutgay.Kimdir yer ustida yurarkan toyib,Kimdir yer ostidan yöllar kaşf etgay.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.