Bugun Sizlarga şayx Mirzo Ahmad Xuşnazar Termiziy haqida aytib beraman.
Assalomu alaykum!
Bugun Sizlarga şayx Mirzo Ahmad Xuşnazar Termiziy haqida aytib beraman.
Bu kişining ismi — Mirzo Kenjaboyevdir.
Mirzo aka 1956-yil 20-fevral kuni tuğilgan. Surxondaryoda. Sariosiyo tumanida. Mehnat degan qişloqda. Qişloq nega bunday nomlangani menga noma'lum, lekin asl nomi, har holda, boşqaça bölsa kerak. Çunki mehnat qizil imperiyaning siyosiy vositasi edi. Balki bir qadim qişloq nomini mehnat deb özgartirgandir — menga qoronğu. Lekin aniği, Mirzo aka şu qişloqda tuğilgan.
Va yana aniği, Surxondaryo — ma'rifat daryosi. Avliyolar diyori. Sahobalarning yurtimizda ilk qadami yetgan tuproği. Şu qadar köp valiylar dafn etilganki, Payğambarimizning , sollallohu alayhi va sallam, isi kelib turadi göyo.
Termizning tarixdagi maşhur nomlaridan biri "Madinatur rijol", ya'ni çinakam erkaklar şahri ekan. Duşmanga sira ham taslim bölmaydigan yigitlar makoni ekan-da, Termiz.
Surxondaryo alohida qissa, Mirzo aka şu qissaga ajoyib bölib kirib kelayotgan qahramonlardan.
Mirzo aka, eng avvalo, şoir. Noyob iste'dod. Söz sohibi. Zargar bölişi kerak bölsa, sözning haqiqiy zargari şu odam. Şe'rlari rosmana şe'r — hikmat buloği.
Mirzo aka zör şoir bölib, şu bilan çeklansa bölardi. Ammo himmatni buyuk qildi — 40 dan oşganda bölsa kerak, Toşkentagi Islom oliy ma'hadida tahsil oldi, arab tilini örganib, din ilmlariga şönğidi. Uluğ pirlar etagini tutdi.
Natijada, uzoq yillik riyozat va ixlosli mehnat oqibatida bugun "Fayzul Furqon" degani tafsir muallifi böldi.
Mirzo aka — yurtimizning sanoqli oriflaridan. Qalbida Vatan qayğusi, millat sevgisi bölgan mardlardan. Diyonat yukini mardona bölib, yelkasiga olgan zotlardan.
Mirzo akaning Mirzo Ahmad Xuşnazar Termiziy degan taxalluslari ham bor.
Mirzo akaning ilmi, mehnati bir neça kitoblarga jo bölgan.
Ne baxtki, şu kitoblardan bir qançasi hamon mavjud ekan. Afsus, u kitoblardan kitobxon xalqimiz bexabar va bebahra. Tasodifan, öşa kitoblar röyxati qölimga kelib tuşdi va buni Sizlarga ulaşişga qaror qildim. Şu bahona Mirzo aka haqida bilganlarimni ham yozdim.
👉 Davomi



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.