Til

Yaqin tarixda “Eski özbek yozuvi” nomli maxsus qöllanmalar ham naşr qilingani ma’lum, ular hozir ham amalda.

👉 Boşlanişi

Yaqin tarixda “Eski özbek yozuvi” nomli maxsus qöllanmalar ham naşr qilingani ma’lum, ular hozir ham amalda.

Arab imlosiga asoslangan yozuvni nomlaş yuzasidan tadqiqotçilar orasida muhokamalar bölgani şubhasiz. Zero, ötgan turli davrlarda bu yozuv va tilga nisbatan “eski özbek yozma adabiy tili”, “eski turkiy til”, “eski özbek tili”, “eski özbek tilining klassik bosqiçi”, “eski özbek klassik yozma adabiy tili”, “çiğatoy turkçasi”, “klassik çiğatoy tili” va şu kabi köplab nomlar bilan atalgani kuzatiladi.

Nima bölganida ham xun-runikdan keyin, uyğur yozuvi bilan yonma-yon, parallel qöllangan yozuvni har qanday vaziyatda arabiy alifbo birlaştirib turadi. Şu birlik negizida paydo bölgan manbalarning tili va yozuviga nisbatan “eski”ni qöllaş noörin.

Tanqid oson, yeçimi qanday? Menimça, “eski”dan voz keçib, “mumtoz”ni qöllaş lozim. Qolaversa, ayrim ilmiy adabiyotlarda “klassik” ham qöllanibdi. Bizda “eski özbek tili” atamasiga öxşagan “eski özbek adabiyoti” ta’biri deyarli işlatilmaydi.

Bir dunyoda muayyan bir millat borliği va birligini milliy tili va adabiyoti belgilab beradi. Ular — et bilan tirnoq, birini ikkinçisidan ajratib bölmaydi. Birini “eski” va ikkinçisini “mumtoz” tarzida nomlaş örinli emas, menimça.

“Özbek mumtoz adabiyoti” atamasi bugun muomalada faol ekan, şunga muvofiq “özbek mumtoz yozuvi”, “özbek mumtoz tili” tarzida nomlaş har jihatdan örinli, deb öylayman.

Kimdir N.Erkilmann, A.Frezkayner yoxud D.Sekretaya kabi dunyoga maşhur sotsioprotlingvistlardan iqtiboslar olib, balki bu gapga e’tiroz bildirişlari ham mumkin. Aslida ilmda fikr özgarişi, rivojlaniş va taraqqiyotni inobatga oliş muhim.

Menimça, aslida “eski”dan voz keçişni taraqqiyot deb hisoblab bölmaydi. Bunga özlikni anglaş, öz-özini kamsitiş va pastga urişdan voz keçiş deb qaraş örinlidir.

Töğrisi, bir sidra qaraganimda “eski” yoki “qadimgi nemis tili, alifbosi”, “qadimgi rus” yoki “eski rus tili va alifbosi” tarzidagi atamalar ilm-fan iste’molidan örin olibdi. “Qadimgi”, “eski”, “yangi” kabi sifatlar dunyo tillari tasnifi va yoki tarixini davrlaştirişda ham bor.

Bu dalilni köpçilik biladi. Ammo dunyoda öşa toifadagi qator tillarga tegişli “eski alifbo” – uning eskiça şakldagi köplab harflari bugun amalda emas.

Ayni voqelikdan farqli ölaroq bugun biz “eski yozuv” degan alifbodan hozir ham dunyoning ayrim mamlakatlari aholisi, xususan, afğonistonlik, arabistonlik özbeklar, uyğurlar amalda foydalanişadi.

Bu esa alifboning “eski” emas, balki, “tabarruk” va “mumtoz” ekanini körsatadi. “Mumtoz” sözi “saralangan, ajratilgan” ma’noni anglatadi. XX asrda mumtoz yozuv umriga barham berildi, mumtoz yozuv yangi zamondan ajratildi.

Holbuki, ayni yozuvda özbek mumtoz adabiyotining eng sara — saralangan bebaho asarlari yozilgani aslo inkor qilib bölmaydigan haqiqatdir.

Holbuki, köpasrlik özbek mumtoz adabiyoti özbek mumtoz yozuvi va özbek mumtoz tili hamda betakror poetik tafakkuri mahsulidir.

Darvoqe, bu fikrga qöşilmaydigan kimdir odatdagidek “hissiyotga berilmang” deyişi ham mumkin. Aslida hissiyot – bebaho tuyğu. Muammolar his qiliş, anglaş, tuyğulaniş va haqiqatni tuyiş ortidan yeçim topadi.

Jadidlar yangilikni, yangilanişni, örinli taklif va mulohazalarni xuş körişar edi.

Xöş, siz nima deysiz, “eski”mi yo “mumtoz”?

Bahodir NURMUHAMMAD

***

Akrom Malikdan ildirgi:

Ustozning mulohazasidan ilhomlanib, "Turkiy alifbo tahsili" deb nomlangan loyihamizni "Mumtoz yozuv tahsili" deb ataş istagi tuğildi, nima deysizlar?

Uşbu matnga ilova qilingan videoda 3-sinf öquvçilarimizdan bölgan Nargiza Xudoybergan Sayfi Saroyi hazratlari qalamiga mansub "Turkiy Guliston" kitobi qölyozmasidan 3-bob, 5-hikoyatni öqimoqdalar (164-165-bet).

Hikoyat Ardaşer bobokon siyratindan bir kunda yuz dirham vazndan ortiq yemak yemoqlikning zarari haqidadir.

Mumtoz yozuvda mumtoz matnni öqimoq şundoq bölur!

3 800marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Barqaror va beqaror

    Bir savol örtaga çiqib qoldi: beqaror odamning sifatlari qanday böladi? Tajribadan kelib çiqib aytildiki, beqaror odam vaziyatni töliq hisobga olmay qaror qiladi. Söng tezda u…

    2 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.