Til

Umr odamning qölidan mahkam tutib ketib bormoqda. Inson yoş boladek unga ergaşişga mahkum. Lekin vaziyatni…

Umr odamning qölidan mahkam tutib ketib bormoqda. Inson yoş boladek unga ergaşişga mahkum. Lekin vaziyatni… — rasm

Umr odamning qölidan mahkam tutib ketib bormoqda. Inson yoş boladek unga ergaşişga mahkum. Lekin vaziyatni biroz fojiali tasvirlasak, bunday manzara körinadi – umr inson böyniga zanjir solib sudramoqda.

Balki kötarinki rasm çizsak-çi – inson umrning oldiga tuşib öynoqlab yugurib ketmoqda. Yana ham balandga çiqaylik – inson umrni özi yetaklab olgan. Umr – insonga vaqtning bir bölagidan yulib berilgan parçasi emasmi? Hammaning umri ulkan vaqtdan parça-parça qilib kesib olinganmi şunda? Yoki u vaqt daryosidan ölçab berilgan suvmi? Hamma uni içadimi? Hammaning qölida idiş – idişga vaqt suvi quyilgan, içib-içib tugatamiz.

Bu suvni nima kir qiladi? Adovatmi? Hasadmi? Jaholatmi? Razolatmi? Şunga öxşagan hammasi kir qiladi. Şunda biz loyqa suv içayotgan bölamiz-da! Insonning tanasi içida ruhi yaşaydi. Tananing biror joyidan kiçik teşik oçilsa, ruh öşa yerdan çiqib ketişi mumkin. Pufakka qamalgan havo kiçik teşikdan tezda çiqib ketgan kabi ruh ham jismdagi kiçik teşikdan çiqadi.

Agar şu joy tezda davolanmasa, yamab qöyilmasa, ruh ana şu teşik atrofida qiynaladi. Çunki ruhning vujuddan çiqişi juda oğriqlik keçarkan.

Kim bilandir muloqotga kirişsak, aslida, uning ruhi ila muloqot qilamiz. Kimnidir unuta olmasak, uning ruhini unuta olmaymiz. Jism uzoq ketsa, ruh bu qafasda ketdi, sening qafasdagi ruhing esa özi sevganga yeta olmay pitirlab, qafas panjarasiga özini quş kabi uradi.

Biz ruhimizga umr deb atalagan suvni adovat va hasad, hirs va şahvat bilan kirlab içirsak, uning ahvoli nima bölişini tasavvur eting. Oğir va lohasligimiz, holsiz va tuşkunligimiz ruhimizning xastaligidandir.

Biz uni zahar içirib şu ahvolga soldik. Uni tozalaş uçun zikr dorisini içaylik. Tinimsiz zikr dorisini içaylik.

Odam ruhini aqli va solih amali ila himoya etmasa, uni şayton zanjirlab oladi, nafs egallaydi. Bir tomondan nafs, bir tomondan şayton zanjir urgan ruh abgor holda ingraydi. Jism nima qilayotganidan bexabar nima qilsa, qilaveradi. Nima desa, deyaveradi.

Bir-birimizga rahm qilmasak, Allohning rahmatida umid qilganimiz behuda. Bir-birimizni keçirmasak, Xudo meni keçiradi deb öylaş foydasiz.

Bir-birimizga yordam bermasak, Xudodan yordam kutgan bilan natija bölmaydi.

Xudoni sevaman degan u yaratgan narsalarni sevmasa, sevgidan mahrum qoladi.

Xudo döstlarini döst tutmagan Xudoning döstligini topmaydi.

Rahmat istagan, rahmat körsatişi, afv istagan afv etişi, yordam xohlagan yordam berişi va sevgi istagan sevişi, döstlik orzu qilgan döst böla olişi şartdir.

Şunda umr suvi toza bölib, uni içsak, zaharlanmaymiz. Vallohu a’lam.

Akrom MALIK

2 410marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Barqaror va beqaror

    Bir savol örtaga çiqib qoldi: beqaror odamning sifatlari qanday böladi? Tajribadan kelib çiqib aytildiki, beqaror odam vaziyatni töliq hisobga olmay qaror qiladi. Söng tezda u…

    2 daqiqa

    ÖN OLTINÇI BOB

    AJRAŞIŞ Bu bobda qalam suriş oson keçmadi. Çunki masala juda nozik. Risolani yozişdan maqsadimiz ajraşişlarning oldini oliş va oila mustahkamligiga erişişdir. Şu sababli ajraşiş…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.