Til

Şunday qilib, har kim körpani öziga tortsa, nima böladi, örtoqlar?

Şunday qilib, har kim körpani öziga tortsa, nima böladi, örtoqlar? — rasm

Adabiy til – xalqni birlaştiruvçi omildir. Çunki yurt – katta, odamlar turli-tuman şevalarda gaplaşadilar. Şevalar – tilning boyligi, lekin şeva muayyan hududda yaşaydigan odamlarning xususiyatlarini aks ettiradi, ya’ni u elning fe’l-atvori, yaşaş tarzi, şuningdek, jöğrofiy jihatlar, urf-odatlar şevada aks etadi.

Hamma öz şevasida gapirsa, nima böladi? Avvalo, şevalarning xos ohori yöqoladi. Sababi, siz toşkent şevali odam bilan muttasil gaplaşar ekansiz, öz şevangizdagi sözlarni u şevadagi sözlarga almaştirasiz hamda tovuşlar talaffuzini ham boy berasiz, bu degani tovuşlarni ham toşkentça talaffuz qilişni boşlaysiz.

Şevalarda tovuşlar turliça tovlanadi, har bir narsaning boşqa şevalardan farqli nomlari bor va bularning hammasi til luğati hamda fonetikasining boyligidir.

Adabiy til – barça şevalardan muayyan darajada oziqlangan, sun’iy ravişda şakllangan, elning hammasiga tuşunarli bölgan, ayni paytda, şevalarni himoyalab turadigan tildir. Uning luğati, fonetikasi hamda gap tuzilişi ulusda eng katta nufus kasb etadigan uruğlar şevasi asosida taşkillanadi. Bu borada ularning yurtda boşqalarga nisbatan qay darajada siyosiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiy qilgani ham ahamiyatli.

Qaysi uruğ, qaysi hududning ilmi, madaniyati, adabiyoti, iqtisodi rivojlangan bölsa, asosiysi, özining tarixiy asoslariga – urf-odat va odoblariga sadoqatli bölsa, öşalarning tili ham, qöli ham uzun böladi, ya’ni boşqalar ustidan ta’siri kuçayadi. Boşqa hudud odamlari ulardan qulayroq yaşaşni, yangiliklarni, odob-axloq va ilmlarni örganadilar va hokazo.

Mustaqillikning birinçi çoragida kinolarda qahramonlarning deyarli hammasi toşkentça gapirar edi. Ayrim rahbarlar ham adabiy til qoidalaridan bexabarligi uçun şevada sözlar edilar — hozir ham şunday. Hozir esa qöşimçasiga internet olamida yurtimizdagi ayrim viloyat yoşlarining öz şevalarida har xil dasturlar qilişayotgani kuzatilmoqda.

Bağrikenglik nuqtasidan turib qarasak, yomon tomoni yöq. Boşqa şevani tinglaş yoqimli. Nozik jihati şuki, şevada qandaydir muammoni muhokama qilişning salbiy jihati sezilmaydi, lekin barça kitoblar adabiy tilda; tarixiy mumtoz matnlar adabiy tilda; yana qiziği, inson özi mansub bölgan hudud nomini keng miqyosda alohida ajratib körsatsa, bu mahalliyçilik suratida körinadi.

Tasavvur qiling: har bir viloyat youtubega örnaşib olib, falon yerlik deb podcast tayyorlay boşladi. Maqsadimiz mahalliyçilik emas deb aytadi. Ammo mohiyatan öz makonini umum yurt jöğrofiyasidan ajratib olib, taqdim etmoqda, xolos. Ya’ni mahalliyçilik kayfiyati, bölinuvçilik harakati seziladi.

Natijada, men sendan yaxşi, sen mendan pastsan degan kayfiyat yoyiladi, nosoğlom raqobat kuçayadi, yurtdagi odamlarning köngil döstliklariga putur yetadi. Falon yerlik deb kimdir haqida ğaşi kelib gapirişlar urçiydi, fitna kuçayadi. (Şundoq ham, köpinça kap-katta odamlarning özlarining viloyatlarini peş qilib yurişlari odamning ensasini qotiradi.)

Albatta, ilm olmagan, alifni kaltak demaydigan yoşlar buni anglaşdan ojiz, çunki ular kalta öylaşadi, kaltafahmlik va farosatsizlik afvga loyiq. Lekin tajribali odamlar, biroz ilmi bor, ikkita bölsa ham kitob öqiganlar, bitta bölsa ham, köproq köylak yirtganlar anglaşlari kerakki, johil va farosatsizlarni oxiri öylanmagan işlarning oqibatidan ogohlantiriş ularning zimmasidadir.

Har qaçon har bir viloyatli, Vatanning har bir farzandi, qaysi millatga tegişli bölmasin, ölkaning yaxlitligi, yurtning bölinmasligi, odamlarning yakdilligi ğoyasidan turib fikrlaşi va işlaşi kerak. Qaysi hududning xususiyatini yortimoqçi bölsa, yoki özi tuğilgan joyning odamlarini uyğotmoqçi bölsa, eng avval tarixiy ilmiy hujjatlar asosida özlarining şarafini Vatanning bir qismi sifatida, xalqning bir bölagi sifatida körsatmoqlari şart. Bu bir qança hujjatli filmlar, kitoblar vositasida böladi.

Ikkinçidan, zamonaviy olamda şu hududda tuğilib ulğayganlarning tajimai holi va yutuqlarini saviyali tarzda olamga yoyinlamoq kerak, bu yerda eng muhim qoida – qaysi joydan çiqsak, yurtning – yangi Özbekiston, qadim Turkiston, şarafli Movarounnahrning bir parçasi ölaroq namoyon bölmoq şart.

Va oqil, farosatli hikmat ahlining hammasiga ma’lumki, bir neça yil davomida çuqur ilm olgan inson va youtube yoki facebookda savod çiqargan odam orasida farq katta. Ilm olgan odamning e’tiqodi mahkam, qaraşlari mustahkam; öziga işonçi ilm va kaşf ustiga quriladi, işlari uzoq muddatga möljallanadi, bu işlar davomiyligi, eskirmasligi bilan sifatlanadi.

Ijtimoiy tarmoq tarbiyalagan, ijtimoiy tarmoq “öqitgan” johil esa har kuni ming xil özgaradi. Yölni ijtimoiy tarmoqdan izlab, ijtimoiy tarmoqdan odamlarga yöl körsatgisi keladi, maqsadi şon-şuhrat şahvatini qondirişdan iborat böladi.

Heç kim ijtimoiy tarmoq vositasida heç qaçon kuçli ilm olmaydi, kuçli ilm va maqsad faqat ustoz huzurida tizimli ilm oliş natijasida qölga kiradigan boylikdir.

Ijtimoiy tarmoq avomning, fikrlamaydigan tödalarning, tomoşa öç podaning maskani, xolos. Öşa toifalarning fikrlarini boşqariş uçun, ularning yovuzlaşib ketmasligi uçun ayrimlar ularga muayyan qaraşlarni singdiriş uçun foydalaniladigan minbardir. Ijtimoiy tarmoq miyaning ma’lumot bangiligini qondiradi, xolos.

Ijtimoiy tarmoq olomonni qözğatadigan, olomonni boşqaradigan, olomonni aldaydigan, olomonni işontiradigan makondir. Özining asl qadrini biladiganlar undan ayrim messejlarni xalqqa yetkaziş uçun foydalanadilar. Lekin artistabiatlar, şuhratparastlar, şahvatparastlar, ğiybatçilar uni özlariga joy qilib olişadi.

Sodda qilib aytsak, ijtimoiy tarmoq aslzodalar uçun emas, u teatrda rol öynay olmagan, kinoda çiqa olmagan, diplomi bor-yöq artistlarning arzon sahnasidan boşqa narsa emas.

Öz qiymatini bilganlar tavba qilib kitobga, ustozga qaytadilar va özlarini ijtimoiy tarmoq rastasiga tovar sifatida qöymaydilar.

Bularning barçasi şaxsiy fikrlardir. Heç kimga ta’sir ötkaziş niyatimiz yöq, eslatma beriş uçun yozildi.

Akrom MALIK

1 910marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Barqaror va beqaror

    Bir savol örtaga çiqib qoldi: beqaror odamning sifatlari qanday böladi? Tajribadan kelib çiqib aytildiki, beqaror odam vaziyatni töliq hisobga olmay qaror qiladi. Söng tezda u…

    2 daqiqa

    ÖN OLTINÇI BOB

    AJRAŞIŞ Bu bobda qalam suriş oson keçmadi. Çunki masala juda nozik. Risolani yozişdan maqsadimiz ajraşişlarning oldini oliş va oila mustahkamligiga erişişdir. Şu sababli ajraşiş…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.