Ba’zi holatlarni kuzatib yo farosat, yo muhabbat tanqislaşmoqda deb öylayman.
Ba’zi holatlarni kuzatib yo farosat, yo muhabbat tanqislaşmoqda deb öylayman.
Qoida:
Insonlar, xususan, möminlar bir-birlarining holatlariga befarq bölmasliklari kerak.
Odam bolasi tanişlari, yaqinlari, döstlari, qöşnilari, qarindoşlari —
1. Kasal bölsa, yöqlaşi, ziyorat qilişi şart.
2. Motam va ta’ziyada yonida turişi şart. Yugur-yugur va boşqa işlarda yordamlaşiş zarur.
3. Töy va xursandçilik kunlarda birga bölişi şart. Xizmatda şay bölmoq darkor.
4. Xafa bölsa, xafalikni ketkaziş uçun biror tadbir öylab topsin (masalan, mutoyiba aytsin); xursand bölsa, tabriklasin va şodlikka şerik bölsin.
5. Qamalsa yo işdan ketsa, xato qilsa, toysa, taşlab qöymasin. Nasihati va moddiy kömagi ila döstlikni körsatsin.
Unutmang! Şerik böliş ğamni kamaytiradi, quvonçni köpaytiradi.
Şu işni qilişga muhabbat kamlik qilar, lekin aqlu fahmni işga soliş lozim.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.