YOLĞONDAN TIYILING!
Yolğon (aldamçilik)ning uç körinişi bor:
1. Va’da berasan va bajarmaysan. Masalan, jiydazor bozoridan biror narsa narxini bilib beraman deysan, ammo bu işni qilmaysan. Falon kun biror joyga, masalan, Oqqamişga birga boramiz deysan va bu masalada heç gapirmaysan hamda “unutasan”. Ayançli yolğon. Çunki bu işlaring senga aldamçi tamğasini yopiştiradi.
2. Holat hamda voqealarni xato hikoya qilasan, masalan, bölmagan gaplarni aytasan, bölgan işlarga qöşib çatasan yoki kamaytirasan. Bu işni öz foydangdan kelib çiqib qilasan. Pastkaş yolğonçilik.
3. Faqir va ğariblarni emas, boy va badavlat odamlarni döst tutasan. Maqsading — ularni “soğib” sutini içiş. Samimiy döst obrazini qoyillatasan. Bu yölda ilm va dindan, obröli odamlardan foydalanasan. Tirikçilikning eng rasvo yölidir bu.
Öylama buni kişilar bilmaydi deya. Bilib sezib yurganlar juda köp. Şarmanda bölmasingdan ilgari tezda tavba qil. Beçora va faqirlar, tavbakor va siniq kişilar ila yaqin böl.
Bu işning yolğon ekanligi şuki, sen pul uçun, mansab va martaba uçun bölgan “döstligingni” çin deb körsatyapsan.
Bundan katta va jirkanç aldamçilik bölmaydi. Ilohiy adolat öz işini qiladi. Esing borida etakni yiğ. Haqiqatan, jirkanç aldov.
Tekşir-çi, şu kazzoblikdan birortasi senda yo “döstingda” yöqmi?!
Ogoh böling! Yolğonçi bölmang va yolğonçilar ila döstlaşmang.
Yolğonçi ummat emasdir. Yolğonçi manfurdir. Yolğonçi tubandir. Yolğonçi yolğoni ustida ma’nan yalanğoç, ya’ni şarmanda odamdir.
Xudo saqlasin!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.