Til

ADAB VA HIMMAT

Aql ham ösadi. Aqlni adab östiradi. Inson adabni odat tutgani sayin aqlli bölib boradi. Adabsiz aql va es-huşdan yiroq böladi.

Adab hammaga loyiq muomala qilişdir.

Himmat buyuk işlar uçun insonni qözğatuvçi kuç. Buyuk işlar közga körinişi yoki körinmasligi ham mumkin.

Xususan, kimni özingga aziz va uluğ deb bilsang, uning qalbini ozurda va ğamgin qilmaslik ham himmatdir.

Boşingga tuşgan taşviş kattaroqmi, yoki sen sevgan insonning qayğusi?

(Sevgiga solih insonlar munosibdir)

Himmat sohibi öz taşvişini rökaç qilib sevgilisiga e’tiborsizlik körsatmaydi. Öz ğami yuki iddaosi ila mahbubini xijolatga taşlamaydi. Bunday qilmaslik uçun himmat kerak. Himmatni tutib turadigan odob lozim.

Şu iş ham buyuk işning bir turidir. Köngilni asraş kabi buyuk iş bormi?..

3 880marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    YOLĞONDAN TIYILING!

    Yolğon (aldamçilik)ning uç körinişi bor: 1. Va’da berasan va bajarmaysan. Masalan, jiydazor bozoridan biror narsa narxini bilib beraman deysan, ammo bu işni qilmaysan. Falon kun…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.