Bugungi Özbekiston oçiq yerda paydo bölgan emas, balki u mavjud davlatçilikning uzviy davomi bölib, uzoq ming…
Assalomu alaykum!
Bugungi Özbekiston oçiq yerda paydo bölgan emas, balki u mavjud davlatçilikning uzviy davomi bölib, uzoq ming yillik tariximiz ustida barpo bölgan. Agar xalq davlat nima ekanligini bilmasa, tizimni anglamasa, davlatçilik madaniyati bölmasa, davlat quriş oson emas. Sovet bosqinidan söng davlatçilik şakli özgargan bölişi mumkin, ammo davlatçilik mohiyati özgarmagan. Davlatning uç asosiy vazifasi — xalqni taşqi duşmandan himoyalaşi, içki duşmanni bartaraf etişi hamda adolatni ta'minlaşi u qaysi şaklda bölmasin, hamişa saqlanib qoladi.
Nom özgargani bilan hudud öşa, xalq öşa.
Kelajakni quriş uçun mustahkam tarixga suyanişga majburmiz, agar tarixdagi şaraf va qudratni, ruhiyat va ma'naviyatni unutsak, jonsiz tanaga, ildizsiz daraxtga aylanib qolamiz.
Bayroq Davlatning asosiy ramzidir. Bayroq juda katta ma'no taşiydi, hatto davlat ruhini aks ettiradi. Mustaqillikning 35 yil töyida ÖZBEKISTON TARIXIDA MAVJUD BÖLGAN DAVLATLAR BAYROQLARI SAHNADA namoyiş etildi. Bu öziga xos inqilob, hatto jasoratdir.
Aziz döstlar!
Ozodlik bayrami muborak bölsin!
Davlat yaşasin, millat ölmasin!
Qalb va tafakkurimiz, aqlimiz va ruhimiz heç qaçon qul bölmasin!



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.