Til

Ertak

Ertak — rasm

(Hikoya)

Bir inson qirq yoşga kiribdi. Jismi kuçga tölib, aqli kamolga yetibdi. Qölidan kelmaydigan iş yöq ekan: toğni ursa talqon qilar emiş. Çunki u asilzoda oilada tuğilib ulğaygan; mehnatkaş, dono, vijdonli va oilasevar ekan. U hammaga mehribon, rostgöy va samimiy ekan. Saxiy ekan, karamli ekan. Haddan taşqari xudojöy ekanki, hamma uni olim, zohid va obid deb çaqirarkan.

Ammo bir kuni ajoyib bölibdi: ertalab uyğonganida ötmişi esidan çiqib qolgan ekan. Otasi kim, onasi kim – bilmas emiş. Xudoni mutlaq unutvorgan ekan. Bolalari va xotinini eslabdi-yu, ularga befarq qarabdi. Hamma xavotirga tuşibdi. Qiziq jihati, u ota-onasini körganda quturib, tişlaşga urinar ekan. Undagi holdan ota-ona hayron bölibdi, qörqibdi, tabibga körsatibdilar. Tabib uni soppa-soğ depti. Ammo u ota-onasini bu işi uçun haddan taşqari yomon körib qolibdi.

Xotini bilan işi yöq emiş. Bolalariga beparvo ekan. Yöq, u tungi işlarni, kundalik işlarni qoyillatarkan, masalan, tirikçilik uçun hamma narsani muhayyo qilarkan. Xotin ilgari uydan çiqmaskan, keyin köçaga çiqipti. Keyin ziynatlanib, bemalol istagan erkagi bilan döstona suhbatlaşadigan ham böpti.

Öğil va qizi esa keçasi bilan daydib, ertalab quyoş yoyilgunça uxlaydigan böpti. Ammo u indamaskan. Hatto bolalari va xotinidan sökiş eşitib ham ötirarkan. Ha, endi ularning sözlaşga haqqi bor der ekan.

Oxiri xotini boşqa erkakni sevib qopti-da, uydan çiqib ketibdi. Bitta öğli narkaman, bitta qizi fohişa, bitta bolasi öğri böpti. Kenjasi esa universitetga öqişga kirib, bitiribdi va poraxör mulozim bölib yetişibdi. Lekin u bularning hammasi xotirjam qarar va hamma öz hayotini özi quradi der ekan.

Nihoyatda munkillab qolgan ota-onasi bir kuni uning uyiga kelişibdi. Çol-kampir yiğlapti. Ne kunlarga qoldik depti. Bolalaringni qara, ne ahvol, bu ne parokandalik depti. Sening yigirma yil oldingi aqling qani, kimga aylanib qolding deyişpti. Nima qilay depti u. Xotining, bola-çaqangga yaxşi tarbiya bermading, sal qattiq turmading depti çol-kampir kuyinib. Nima, uyni ularga zindon qilaymi depti u, hamma öz hayotini özi quradi, hamma erkin depti yana.

Çol-kampir yana hiqqillagan ekan, ayniqsa, xudoning oldida ertaga nima deysan degan ekan, uydan bolta opçiqib ikkisini ham çopib öldiripti. Sizlar odamni şunaqa kopir dep manipulyatisya qilasizlar depti. Keyin esa ularni hovlidagi basseyn tagiga kömib, ustidan sement qilip qöyibdi.

Bu haqda pes degan bitta xoinga aytibdi. Pes uni rosa olqişlabdi va çirigan ötmişni şunday qiliş kerak, boplabsan depti. Pesning kasbi çizmakaşlik ekan. Eng qiziği, heç kim uni bu işi uçun ayblamapti. Çol-kampir basseynning tagidagi semonni yorib çiqmasmikin depti bittasi astoydil xavotirlanib. Yöq depti u gerdayib. Çiqsa, yana kirgizvoraman depti.

U evriliş degan hikoyani öqirkan sevib, hatto manqurt haqida ham bilarkan. Jamiyatning befarqligi va odamlarning odamgarçilikdan çiqip ketgani haqida esa doim gapirib yurarkan.

Şu bilan ertak tugapti.

Akrom MALIK

2 980marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Haqiqatning badali

    Bu dunyo yolğonga tölib-toşganini bilasanmi? Çunki yolğon şirin. Haqiqat – aççiq. Yolğon nafsning talabi, haqiqat Haqning talabi. Banda dunyoga Haqni sevmoq uçun keldi. Haqqa esa…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.