Mumtoz oila
ÖN YETTINÇI BOB
ÖN YETTINÇI BOB
YETIMLAR
Tasavvur qiling: bir guruh bolalar çuğurlaşib öynamoqda. Ovozlari bilan olamni boşiga kötaradilar. Nimalarnidir talaşadilar, öz-özidan sakraydilar va hokazo. Ammo ular orasida bir bola jim boşini egadi, yöq, u ham öynaydi, lekin tabassumi siniq. Jur’ati past. Nimadir unga yetmayapti.
Keyin birdan bolalar: “Dadajon! Dada!” – deb yuguradilar. Lekin öşa bola heç qayoqqa yugurmaydi. Yaralangan palapondek möltiraydi. Çunki u yugurgani bilan foydasiz ekanligini biladi. Çunki u dadasi kelmaganligini yaxşi tuşunadi. Çunki uning dadasi yöq. Çindan dadasi bölmasa, mayli, uning oyisi va dadasi ajraşib ketişgan. Avval baqir-çaqir qilişgan, ehtimol, dadasi oyisini urgandir, ehtimol, urmagandir, keyin oyisi yiğlab-siqtab kimgadir qönğiroq qilgan. Birozdan söng bobo-buvisi kelib, “Köçada qolgan qizimiz yöq!” – deb nevarasi bilan qizini moşnaga solib opketişgan. Şu bilan u xonadonda bolaning dadasini ğiybati boşlangan. Suhbatlar faqat uning zulmi va yomonligi haqida bölgan.
Bola bularni eslamas, balki eslar. Lekin u aqlini taniganida dadasi yöq edi. Uyida toğasi bor, bobosi bor, buvisi bor, lekin dadasi yöq. Qiziq, hammaning dadasi bor, uning dadasi yöq edi.
Bola katta böldi. Maktabga bordi. Dadasi yöq, onasi ajraşgan deb gapirişardi. Maktabdan bolalarning dadalari kelib opketişardi, lekin uning dadasi heçam kelmas edi. Oyisi tirikçilik qilaman deb işlar, şu sababli bolasiga vaqt ajrata olmas edi, çunki uning işi köp edi.
Yolğizlik yomon ekan – onasining boşi oçiqligi sababli unga erkaklar gap ota-ota, oxiri bittasi uylandi ham. Bola yangi “dada”nikiga borişga juda qörqdi. Istar-istamas bordi. Yangi “dada”ning qovoği sababli onasi uni tez uxlatar va yangi “dada”ni ranjitmaslik uçun tirişar edi.
Bola esa böynini qisib ösardi. Oxiri bölmadi, u qaçongaça şunday yuraman deb özini erkin qöydi. Heç narsadan qörqmaydigan böldi. Xohlagan joyiga borib, xohlagan joyiga kelar, onasining gapiga umuman kirmasdi. Asta-sekin dadasi haqida soğinçlar ham söndi. U endi aslo dada degan odamning mehri borligini bilmas edi.
Oxirgi gaplarga köra, u qandaydir janjalga aralaşib qolibdi, piçoq yebdi, ammo tuzalgaç, baribir ayblab qamab yuborişibdi, öşanda u endi ön sakkiz yoşda edi. Deyarli hamma uning otasiz ösganligi va tarbiyasizligini gapirdi, lekin heç kim oila maşaqqatiga çidamagan ota-ona hamda qizi va nevarasini moşnaga qahramonlik qilib solib ketgan va ayni paytda kökarib çiqqan çol-kampirni eslamadi. Heç kim öşanda: “Ey, bolalarim, uruşmanglar, yaraşinglar, ahil bölib yaşanglar!” – deb aytmagan edi va bu gapning aytilmagani sababli şu oila ajralib ketganligini heç kim mulohaza qilmadi.
Yetim ikki turlidir: çin yetim va tirik yetim. Çin yetimni Xudoning özi panohida saqlaydi, lekin tirik yetim xor yetimdir. Tirik yetim xudbin va tarbiyasiz, sabrsiz va mulohazasiz kattalarning jinoyati qurbonidir.
Çin yetim – taqdir. Yetim bilan muomala qiliş qiyin. Çunki uning köngli nozik. U bitta gapga könmaydi, yarimta gap unga yetmaydi. U deyarli doim könglida öksiniş bilan yaşaydi. Yillar davomida uning yarasi uni mehrsiz bir odamga aylantirişi ham mumkin. Yetimning issiq ovqati, yumşoq noni, toza kiyimi, keng töşagi bölmaydi. Uning yoşli közi, öksik dili, bukik yelkasi, egik boşi va aççiq keçmişi böladi.
Yetimni boqqan, uni öqitgan, tarbiyalagan odam jannatidir. Çunki yetim östirişdek maşaqqat olamda yöq.
Bu bobdagi yagona sözimiz: bolani tirik yetim qilmang! Farzandingizga rahm qiling!
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.