Til

Dunyoning oğir yuki – ğamdir. U yurakni çarçatadi, ruhni toliqtiradi, hatto horigan ruh özini taşlab…

Dunyoning oğir yuki – ğamdir. U yurakni çarçatadi, ruhni toliqtiradi, hatto horigan ruh özini taşlab… — rasm

Dunyoning oğir yuki – ğamdir. U yurakni çarçatadi, ruhni toliqtiradi, hatto horigan ruh özini taşlab yuboradi, tik turgisi kelmaydi, şu sababli qayğuli odamlar holsiz bölib, yotib qolişadi. Eng yaxşi döst – sen uçun ğam yuta oladigan döstdir. Aslida, sening ğamingni kötarişadigan odam döst deyiladi.

Inson uçun ğamning sabablari köp. Eng oğir sabablardan biri – farzandning közyoşi va baxtsizligidir. Ota-ona bu ğam qarşisida ojiz qoladilar. Ota-onaga xizmat ularga keçqurun töşaklarini töşab, ertalab issiq suvni tahorat uçun tayyorlaş yoki mazali taomlar bilan mehmon qilişdan iborat emas, balki ota-onaga boşingga tuşgan qayğularni bildirmasliging eng ulkan yaxşiligingdir. Esi yöq va kaltafahm odamlar öz muammolarini ota-onaga röpara qilişadi.

Undan ham afzali – baxtli va şodon yaşamoğingdir. Muammoga olib boradigan işlarni qilmasligingdir. Zotan, inson öz xatolari sababli ğamga uçraydi. Gunohlari va nafsiga erk berganligi uçun uning yelkasiga iztirob toşlari qöyiladi. Agar odam gunohlardan tiyilsa, nafsini jilovlab, Haqqa böysundirib yaşasa, baxtsiz bölmaydi, aks holda, baxtsiz böladi, söng ota-ona azob tortadi. Hatto ota-ona ötgan bölsa, ruhi çirqiraydi.

Şu çoqqaça ota-onalarimizga yetkazgan ozorlarimiz uçun ulardan keçirim söraylik. Endi baxtli yaşab, u qayğularni unuttiraylik. Ularning ruhi çarçab qolmasin.

Ota-onasini öz ğamlari ila yiğlatganlarga Alloh bor.

Akrom MALIK

2 510marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Ertak

    (Hikoya) Bir inson qirq yoşga kiribdi. Jismi kuçga tölib, aqli kamolga yetibdi. Qölidan kelmaydigan iş yöq ekan: toğni ursa talqon qilar emiş. Çunki u asilzoda oilada tuğilib…

    2 daqiqa

    Haqiqatning badali

    Bu dunyo yolğonga tölib-toşganini bilasanmi? Çunki yolğon şirin. Haqiqat – aççiq. Yolğon nafsning talabi, haqiqat Haqning talabi. Banda dunyoga Haqni sevmoq uçun keldi. Haqqa esa…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.