Til

Iymon

Xudoyim, boşimga biror ğam kelsa,

Xudoyim, boşimga biror ğam kelsa,Birovning qoşida qilsam dardi hol;Va anduh qalbimni xanjardek tilsa,Senga istiğforlar söyladim darhol...Çunki har bir qayğu Sendandir, Tangrim,Sening irodang-ku bari hodisot.Sen bergan hadyadan oğrinsa qalbim,Muhabbatning işi emasdir, hayhot.Nolamning ortidan hamişa, yo Rab,Sening atolaring keldi paydar-pay.Şu on quvonçimning yuziga qarab,Uyatdan qoçgali topolmadim joy.Çunki yengillikdan sevindim ammoNeçun maşaqqatga ayladim faryod?!Şumi oşiqlikning işi, Rabbano,Holimga voy bölsin, öz holimga dod.

5 660marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    ULĞAYIŞ

    Yurakni qayğular egallab aççiq, Qalbingga yetmasa havolar mudom —

    Hikmat

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.