Iymon
Xato qilmoq erur bandaning işi,
Xato qilmoq erur bandaning işi,Xatoga mubtalo insonning zoti.Ammo xatokorlar içida şaksizTavba qilganining bordir najoti.Şayton öz işidan çekmadi puşmon,Kibr arqoniga özini osdi.Ammo xatosini tan olgaç Inson,Tavbasi jahannam ötidan tösdi.Ayon haqiqatning bayoni şulki,Banda xatosiga bölmasa iqror,Tavba ostoniga qöymasa boşin,Uzr tilamasa aytib istiğfor -Ayni iblis fe'li uning fe'lidir,Va la'iyn qismatin olgaydir meros. Ammo tavba istab yiğlab kelibdir,Demak, u farzanddir otasiga mos!Demak, ato bölgay unga ham albatBuyuk Xudoyimning rahmati, afvi.Ajab yöq, boşidan arisa kulfat,Çekinsa jonidan jahannam xavfi!Aqlingni işlat, ey beçora inson,Neçun oğriqlaring tavbaga eltmas?Toki tan olmasang, har neki nuqson,Boşingdan balolar qamçisi ketmas!Quturgan nafsingni jilovlaş uçunRobbingdan yordam sör, umidni kesma.Nurdan iborat bir vodiy turgandaZulmat daştlarida tentirab kezma.Unutma, muhabbat - olamning mağzi,Imkonsiz yaşamoq sevgidan ayro.Aslida, muhabbat isboti erur,Çin dildan yiğlamoq va uzr sörmoq.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.