Til

Hayot

Nigohda tovlangan nur kamalagi

Nigohda tovlangan nur kamalagiBugun rangdan xoli: oq-qora, hissiz.Köngil hayqiriği, söz gulduragiBugun sukut sari talpinar sassiz.Keça olislarga çorlagan xayolBugun yaqiningdan ketolmas nari.Vulqonday qaynagan isyonkor savolBugun javoblardan qolmişdir horib.Zarradek zulmdan zorlangan bu zotZulm odatligin bildi noiloj.Qaro zindonlarga eltgan ul qanotEndi nurlar sari etarmi ixroj?!Sening lutfing bordir, karaming bordir,Yöqsa, qayğularda bölardim halok.Ey, hikmat Egasi, har işga Qodir,Senga borgunimça meni ayla pok!..2020 yil, 18 avgustAkrom MALIK

2 100marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.