Iymon
Bir nuqtaga kelib nafsu jon,
Bir nuqtaga kelib nafsu jon,Qalbda qoldi faqat husni zonn,Gar izlasang umri jovidonYolğiz Uning zikri gözaldir.Heç kimsadan kutma sadoqat,Sadoqatga qilmassan toqat.Yakka Unga körsat itoat,Yolğiz Uning işqi gözaldir.Bu dunyodir aslida zindon,Qanday bölay unda xuş-xandon?!Har tomonda zanjirlar ayon,Yolğiz Uning uyi gözaldir.Özingni ham tark etging kelar,Dargohiga hur yetging kelar,Yöllaringda sabrlar yelar,Yolğiz Uning öyi gözaldir.Anglamasga anglatma, tamom,Ğam-qayğuni aylagil harom,Unga körsat işqu ehtirom,Yolğiz Uning Özi gözaldir.2020 yil, 17 avgust.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.