Til

Hikmat

Mulkim deb öylaysan qaddu-qomatu,

Mulkim deb öylaysan qaddu-qomatu,Ovozu, çiroyu, aqlu fahmni.Olamda yöq deya mening monandim,Namoyon etasan turfa vahmni.Boş-oyoq özingga mahliyo bölib,Boş-oyoq özingni qilasan köz-köz.Özingdan şavqu zavq, hayratga tölib,Maqtoving xususda aytasan gap-söz.Ammo baxtsizliging özingga ayon,Içingda yaralar yiringlab yotar.Suvrating malakvaş, ming jinu şaytonSiyratingda şodon xiringlar yotar.Odamlar oralab çopma hansirab,Har qayda özingni savdoga qöyma.Şon-şuhrat qoşida hirs-la qonsirab,Közlaringni özing kör qilma, öyma.Qörqma özing bilan xilvatda ba’zanYolğiz yuzlaşişdan, qolmoqdan tanho.Töğri tut, buzilib qolmasin mezon,Öylaringni ölçab, tortib tur goho.Akrom MALIK

3 410marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.