Hikmat
Öqigan bölsa gar, yarimta kitob,
Öqigan bölsa gar, yarimta kitob,Yarim bet maqola öqigan çiqar.Özin olim bilib aylagay xitob,Yasab safsatadan qanotin qoqar.Hamişa böylaydi senga böyini,Senga tengman deya kelar aytgisi.Tahlil qilib körmay kalta öyini,Fahmini kesgaydir riyo qayçisi.Unga na haq qiziq, na ilm qiziq,Çala eşitgani qayğuli emas.Suhbat örtasiga qoqsa-da qoziq,Özining bilişin bildirolsa, bas.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.