Sevgi
Seni menga kimdir yomon desa gar,
Seni menga kimdir yomon desa gar,Özini yomon deb bilaman, yorim.Sen haqingda kimdir aytsa şumxabar,Jonini suğurib olaman, yorim.Senga nisbat bersa kiçik yo katta,Oğir yo yengildir biror gunohni!..Abadiy yuz burib undan, albatta,Hatto tinglamasman yuzta guvohni.Çunki men uçun sen sevgilidirsan,Xuşdir sevilganning har bitta işi.Poklik gulzorining pok gulidirsan,Bunga şubha qilgay nopok har kişi!Çunki ma’şuqidan gumon qilgan zotQip-qizil kazzobdir sevgi bobida.Sevganin tahqirlar kömganda, hayhot,Jim turgan pastkaşdir nafs girdobida.Har qilgan işidan ozuq yeb borarHar kimning fahmiyu, farosat, aqli.Şul bois, hammani özidek körarOlamda pok, nopok işlarning ahli.Senga ta’na qilgan kaslarning öziSenga böhton qilgan işlarga doxil.Seni nurdek körar qalbimning közi,Ammo buni körmas donişu oqil.Sevgimni pok tutsam, yöqdir hasratim,Zotan, işqi sofni qabul etgay Haq.Aminman, pok işqim haqqi hurmatiSeni poklayverar Xudoyim mutlaq.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.