Til

Hayot

Kim bilan döst bölsak, biz voz keçmadik,

Kim bilan döst bölsak, biz voz keçmadik,Sadoqatu vafo saqladik mudom.Xiyonat botqoğin zinhor keçmadik,Sevib sidqidildan etdik ehtirom.Özimizni taşlab oyoq ostigaBosib ötgin deya böldik poyandoz.Köngilni topşirib işqning dastiga,Hijronda yonişga topdik ixtisos.Keçirdik ne xato, isyonlar bölsa,Har yiğlagan közga nurdek yoğildik.Lekin döstman degan insonlar bölsa,Gulxan yoqdilaru, bizlar yoqildik.Biz ketmadik. Tutdik Ismoildek ahd,Balki unutdilar boşqalar sözni.Bu ham qanday gözal, qanday sobit baxt –Qaytadan bosmaslik ortdagi izni.Ey yangi nihollar, yoş-yoş daraxtlar,Hali ğunçangizdan bitmagan meva.Xayolingiz turfa öydan karaxtlar,Hali matonatni tutmagan şeva.Örganib qöyingiz vafo darsini,Hayotning yölida bölgay ehtiyoj.Zotan, kimki uzmas vafo qarzini,Faryodu noladan tölagaydir boj.Akrom MALIK

4 660marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.