Til

Hayot

Ğarib kunlaringda sobit turgan, sabot körsatgan,

Ğarib kunlaringda sobit turgan, sabot körsatgan,Qaro tunlaringda çiroq yoqqan, najot körsatganDöst kabi heç kimsa yaqin emas, qadrdon emas,Joningga muqarrab, muattar-u jonajon emas!Ğarib kunlaringda sendan keçgan, yuzin burganlar,Qon bağringga boqib körlar kabi közin burganlar,Seni şayton deya, özin bilib valiy, avliyoKetganlardan bölak xoin yöqdir, yöqdir behayo!Şul bois ogoh böl, sadoqatga dargoh bölgaysan,Vafoga sodiq böl, ahdingga xayrixoh bölgaysan!Bir kuni Xudodan butun olam teskari ketsa,Xudoning yölida mahkam tur ming aziyat yetsa!..Toki insonlikning çiroğini öçirma, asra,Iymoningni mudhiş çohga nogoh tuşirma, asra!Malaklar oşiq deb ahvolingdan olgaylar xabar,Özing ham bölgaysan nazar topib, ozod-u sarvar!Akrom MALIK

2 790marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.