Til

Hikmat

Odamlar aytsalar olqiş, ofarin,

Odamlar aytsalar olqiş, ofarin,Aldanma xörozqand sörgan boladek.Taltayib maqtovlar eşitgani sariÇopma tayoq otda yurgan boladek.Zotan, şon-şuhrating erur muvaqqat,Odamlar madhining baqosi yöqdir.Şa’ningga qarsaklar ursalar qat-qat,Alarning zarraça vafosi yöqdir.Öylama, kerakli odamman deya,Öylama, kimlardir menga muhtoj deb.Ustun bölsang, koşki, osmonni suyab,Quyoşni boşingga qöyolsang toj deb.Sensiz ham ötadi kun-u tun tinmay,Sensiz fasllar ham almaşar sobit.Istasang, rozi böl, istasang, könma –Borliging heç ğamni aylamas soqit.Bormisan, yöqmisan, zamindir befarq,Falak eşitmagay ovozingni heç.Olamda eng katta haq şulki, mutlaqMa’nosiz da’vo-yu dostoningdan keç!Özingça havoga aldanma, jigar,Şaytonga ergaşib şişavermagin.Bir kun aziz boşing devorga tegar,Nafsing tuzoğiga tuşavermagin.Koinot sahnida zarradekdirsan,Senga berilmagan hukumat, hukm.Agar közing oçib, rosmana boqsang –Aslida, heç kimsan, heç kimsan, heç kim!Akrom MALIK
Odamlar aytsalar olqiş, ofarin, — rasm

3 150marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.