Sabr
Qayta bino böldim Baytul Haramdek
Qayta bino böldim Baytul HaramdekBalo sellarida jismim buzilgaç.Visol toqlariga çiqdim alamdek,Har nedan umidim butkul uzilgaç.Köksim anduhlardan behad tilindi,Köngil yovlar içra asir olindi,Nihoyat, nurning mohiyati bilindi —Zulmat vodiysida uzoq kezilgaç.Avval bildim: borliq — zindondir, zindon,Zindonda telbalar xandondir, xandon.Sensiz tanam ekan qiş-u zimiston,Senga keldim ruhim qattiq ezilgaç.Bir kun ohlarimga Özing yetgaysan,Xor-u rasvo qulga qöling tutgaysan,Balki Özing bilan olib ketgaysan,Çidam qolmagani butkul sezilgaç...Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.