Til

Hikmat

Bir yigit ölturur edi anduhnok,

Bir yigit ölturur edi anduhnok,Nogoh uni piri çorladi kel deb.Murid qayğu uni qilmasdan halokMurşid huzuriga yetdi u yelib.“Hayoting sahnida qolmadi quvonç,Ahvoling sirrini, – dedi, – anglab yet.Neçun topolmaysan sira ham yupanç,Musibat kelmoqda bunça ketma-ket?!Bilki, qadar senga qanday ğam bersa,Qilgan amallaring suvratidir ul.Xudo boşqaga köp, senga kam bersa,Buni nafsingdagi oçközlikdan bil.Asli, berilgani sen uçun yetar,Faqat qanoating yöq erur, xolos.Toki banda Haqqa isyonlar etar,Faqat alam içra topgay ixtisos.Rizoying yöq ekan dilda, odamzod,Ketma-ket, ketma-ket azob, ketma-ket.Oğriqlaring uçun demay faqat dod,Uning hikmatini bir bor anglab yet!Valiylar demişki, aslo şoşilma,Ne qilsang, özingga qilgaysan özing.Böyingdan baland heç dorga osilma,Yerda topilmasdan qolmasin izing!”Akrom MALIK

2 650marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.