Til

"Hayrat ul-abror" şarhi kitobi haqida öylar

Tijoratga qöl urgan odam kişilar nimani yeb, nimani kiymoqdalar degan savolga javob izlaydi. Çunki yeyiladigan va kiyiladigan, turmuşda köp işlatiladigan narsalarni sotsangiz, savdongiz yurişadi.

Kinoçilar, yozuvçilar, masxarabozlar ham mahsuloti uçişini istasa, jamiyatni nima qiziqtiryapti degan savol qarşisida boş qotiradi. Qiziq bölmasa, heç kim olmasa, na kitob, na kino, na askiyangga kim xaridor böladi?

Abror Muxtor Aliy "Hayrat ul-abror"taqdimotida bir ajoyib gap aytdi: "Hayrat ul-abror" taqdimotiga bugungi kunda kelib ötiriş jang maydonida jang qilişdek gap!"

Haq gap.

Çunki hazmi oğir, öqiş qiyin bölgan kitobga qiziqiş bildiriş insondan juda katta kuçni talab qiladi.

Uni sotib oliş va qölga olib varaqlab, ikki-uç betini öqib körişning qanday maşaqqat ekanligini endi öylab köring!

Insoniyatning juda katta qismi köngiloçar sahnalar poyida siğinib ötirgan bir pallada 15-asrda yozilgan, öz davri odamlari ham tuşunişga qiynalgan kitobni kötarib yuriş, haqiqatan, bağoyat ğayritabiiy iş bölib körinadi.

Sevgi qissalari, işqiy romanlar, bir-birini quvadigan tezkor voqealar tizmasi yöq bu kitobda.

Sujeti ham qiziq emas va seni öziga çangakdek tortib olmaydi.

U holda, "Hayrat ul-abror"ni öqiydigan odam qanday bölişi kerak?

Bu kitobning har sahifasiga nurini tökadigan köz qanday bölişi lozim?

Botqoqdan qutulgan bölişi darkor, menimça.

Qutulmagan bölsa-da, qutulişni juda ham istamoği lozim.

Yoki...

zindondan xalos bölişni haddan taşqari xohlayotgan mahbus böliş kerakdir.

Yoki...

zahar içgan, dor tagiga keltirilgan, boşi kundaga qöyilgan mahkum bölişing zarurmi?

Vallohu a'lam, lekin aynan şunday böliş kerak deb öylayman, döstlar.

Çunki bu toifa odamlarining hammasi yaşaşni juda ham istasa kerak?

Botqoqdan çiqiş, zindondan xalos böliş, zahar, dor va kundadan qutulib, najotga erişiş ularga tutqun bölganlar uçun eng birlamçi iş bölsa kerak degan gumondaman...

Balki "Hayrat ul-abror"ni öqiş uçun hayotni seviş kerak.

Umrga muhabbat bölişi lozim.

Ya'ni bugun olamdagi hamma narsa seni qatl qilişga şay ekanini köra olsang, jahondagi har bir narsa seni öldiriş uçun reja tuzayotganini anglasang, hayotni köproq seva olarsan va şunda "Hayrat ul-abror"ni qölga olarsan, balki?

3 620marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    JAHOLATNING TOMIRI

    Haqni qabul qilmaslik nafsga qullikdan boşlanadi. Haqni qabul qilişni istamagan inson haqiqatni rad etiş uçun turli raddiyalar öylab topadi. Endi uni aslo yengib bölmaydi. Haq…

    1 daqiqa

    BARAKA QAYERGA QOÇDI?

    Pulda, vaqtda, işda baraka yöq. Har qança mablağ bölsin, xarajatlarga yetmaydi. Qarz bölganlar köp. Köngillardan halovat, közlardan xotirjamlik ğoyib... - qarindoşlik riştalari…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.