ÖZ NAZMINING RUTBASI POYASIN TI’DOD QILUR VA HAR BIRIGA MARTABAYE ISNOD QILUR
Navoiy şe’ri töqquz baytu, ön bir bayt, ön uç bayt Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim albatta yetti baytdin öksuk emas, ya’ni Tanazzul aylay olmas rutba içra yetti gardundin.
Şarh:
“Farhod va Şirin” dostonining muqaddimasida ma’nolar dur va gavharga qiyos etiladi. Ma’nolar olami haqida Aziziddin Nasafiyning “Komil inson” kitobidan ma’lumot olasiz.
Birinçi baytda deyilmoqdaki, hazrat Navoiy durri maknun, ya’ni sara durlar bilan lavhga ziynat beradi. Durri maknundan murod ma’nolardir. Ma’no bu haqiqatning özagi, özgarmas mavjudiyat, hamma narsaning zoti saqlanadigan xazina.
Ma’nolarni insonlar körmaslar. Alloh kimga fayz bersa, uning basiyrati ma’nolarni köradi va şaklga solib taqdim etadi. Ya’ni ma’nolarga sözdan libos kiydiradi.
Navoiy bu qit’ada öz ğazallarining baytlari miqdoridan xabar beryapti. Eng kiçik ğazali yetti bayt, eng yirigi ön uç bayt. Yetti bayt bölişining sababi hazrat Alişer Navoiy öz şe’rining qiymati va martabasini bildirmoqda.
Olamda eng baland martaba yettinçi falakdir. Yettinçi falak koinotning eng yuksak nuqtasidir.
Alişer Navoiy hazratlari şe’rlari öta nozik va ulkan haqiqatlarni, pok va bemisl ma’nolarni aks ettirgani uçun ularning maqomi yetti gardun qadar baland ekanligini aytmoqda.
Uning şe’rlari qadri heç qaçon yetti falak maqomidan pastlamaydi. Ğazalining yetti bayti ana şu haqiqat ifodasidir.
Modomiki, uning eng kiçik ğazali şu qadar yuksak darajali ekan, undan yirikroqlarini tasavvur qilavering!..
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.