Til

ER AVTOKRATIYASI

Uyda er çeksiz hokimiyat egasi bölgan podşoh kabi bölişi kerak. Ya'ni avtokrat. Avtokrat erkakning oilasida tartib va baxt hukmrondir.

Çunki oqil erkak söz erkinligi, teng imkoniyatlar va şu kabi narsalarning absurd ekanligini tuşunadi.

U zimmasidagi vazifa oğirligini juda çuqur tuygani uçun ham avtokrat bölişga majbur.

Avtokrat er qölidagi ayol mutelik va tobelik hissi ila dunyodagi eng baxtiyor xotindir.

Erini katta öğil qilib olgan xotindan köra badbaxt ayol jahonda bölmas!

Avtokrat er hokimiyati ostida

- ayolning kayfiyati oila kayfiyatini belgilamaydi; - ayol erining jerkişidan yoki qattiq gapidan, tanbehidan malollanmaydi; - ayol erga hukm ötkazişga intilmaydi; - er xotin zulmidan qörqqan holda özini formatlamaydi; - er istagan vaqtda uxlaydi va uyğona oladi.

Agar ayol hukmron bölsa

- erning gapi hamişa sinadi; - oilada erning ovozi eşitilmaydi; - bolalar tarbiyasiz ösadi; - ayolning tanasida erkaklik garmoni kötariladi; - erning tanasida ayollik garmoni oşadi; - oila parokanda bölib, taşqi axloqsizliklar oilani egallab oladi.

Nasab va sulolaga nuqta qöyiladi.

Avtokratiya hamişa eng töğri yöldir. Çunki bunda adolat örnatiş imkoni bor, ammo boşqa şaklda na adolat, na tartib örnatib böladi.

7 850marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    "Hayrat ul-abror" şarhi kitobi haqida öylar

    Tijoratga qöl urgan odam kişilar nimani yeb, nimani kiymoqdalar degan savolga javob izlaydi. Çunki yeyiladigan va kiyiladigan, turmuşda köp işlatiladigan narsalarni sotsangiz,…

    2 daqiqa

    JAHOLATNING TOMIRI

    Haqni qabul qilmaslik nafsga qullikdan boşlanadi. Haqni qabul qilişni istamagan inson haqiqatni rad etiş uçun turli raddiyalar öylab topadi. Endi uni aslo yengib bölmaydi. Haq…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.