Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh, muhtaram Prezident!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh, muhtaram Prezident!
Yozadiganlarimning hammasi “Hayrat ul-abror”ga yozilgan şarhga bevosita aloqador.
Esimni tanib, oq va qorani elas-elas farqlar ekanman, angladimki, yer yuzida siyosiy kuçlar orasida doimiy bahs va kuraş mavjud. Xususan, ummon ortidagi davlat, balki çuqur davlat bizning ölkamiz ustidan ham muassir bölişni istaydi. Ötgan asrning 90-yillaridan avval mustabid sovet davlatiga nisbatan qöllangan axborot hujumi undan qolgan ölka davlatlarida ham davom etaverdi.
Bu turli ommaviy axborot vositalarining tizimli, davomli faoliyati demakdir. Ular öz metodologiya va metodikasiga ega. Şarq xalqlari, xususan, Turkiston eli aqli va qalbiga qanday vasvasa solişni yaxşi bilişadi. Ğoyaviy qurollangan jurnalistlar qöşini taribiyalandi va söz erkinligi deb atalgan paranji ostida içkariga qöyib yuborildi. Ular avval odamlarga hayot va siyosatning manfur va mudhişligini singdiruvçi dasturlarni muttasil taqdim etişdi, söng insonlar nazdida najotkor farişta obraziga kirişdi, haqiqatan ham turmuşi öta ğarib va baxtsiz ekaniga işongan odamlar ularga qurol bölib xizmat qilişni boşladilar. Eng kiçik muammodan tortib davlat miqyosidagi siqintilargaça ularning qöliga sizib boriş bosqiçiga qadam qöyildi. Ular odamlarni mafkuraviy qaşşoqlaştirib, umidsizlik komiga taşladilar. Mustamlakadan çiqqan kişilarni zulmatda yaşayotganlariga işontirdilar. Bu işonç yöqolib qolmasligi uçun hozir ham tegirmonlarini aylantirmoqdalar.




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.