Til

Maqbul axloq inkişofi

Boşimizga tuşgan oğir vaziyatlarda nima iş qilişimiz kerak?

Boşimizga tuşgan oğir vaziyatlarda nima iş qilişimiz kerak? — rasm

Maqbul axloq inkişofi

Ikkinçi qism

Bu mavzuda yaxşi tavsiyalar yozilgan edi, alhamdu lilloh.

Ammo bugun asosiy bir iş unutilgani mulohaza qilindi.

Nasihatlar çoği bu amalning xotirdan kötarilgani ham bejiz emas körinadi. Çunki bu iş musibat paytida ham yoddan çiqib ketiş ehtimoli katta.

Bu istiğfor hamda tavbadir.

Musibatga uçragan odamning ilk işi Allohga istiğfor aytiş va tavba qiliş bölmoği matlubdir.

Zotan, har qanday muşkilani – çigalni yeçmoq yolğiz Xudoning irodasidadir.

Maqsad – muammoni hal etmakdan iborat emas, balki muammodan foyda bilan çiqmakdadir.

Boşingga qanday musibat kelmasin, undan salomatgina emas, köp yaxşiliklar hosili bilan çiqa olsang, bu möminga xos yutuq bölgay.

Ya’ni yutuq der ekanmiz –

gunohlardan poklaniş;

matonatning sinalişi;

sabr va tajribaga erişiş;

yaxşi-yomonni farqlaş;

asosiysi, öz nafsingni tadqiq etgan holda taniş;

hikmatlar topiş

va Robbingga yanada yaqinroq holda musibatdan çiqiş nazarda tutilmoqda.

Olamda inson kasb etişi mumkin bölgan eng katta yaxşilik – odamiylikdir; gözal axloqdir.

Bu ikki samara oson kelmaydi.

Kitoblar öqiş va nasihatlar tinglaş bilangina emas, ilohiy hikmat ila vorid bölgan musibat va oğriqlar ila keladi.

Bu narsaga erişmoqning eng avval şarti – istiğfor va tavbadir.

Zotan, mol-u dunyoni yöqotiş inson şa’niga putur yetkazmaydi, ammo odamiylik va axloqni boy beriş şarafni sindiradi.

Akrom MALIK

1 850marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Iman invest mojarosidan körilgan foydalar:

    1. Musulmonlarning bahs madaniyati qançalik şaffof va xolisligi körindi: muxolif taraflar imkon qadar adab çegarasida tura oldilar. 2. Musulmonlar bir-birlarini tinçlantirib,…

    2 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.