Bir yil ehtimol kam vaqt. Ammo hayotni özgartiriş, dunyoqaraş ustida işlab, haqiqatlarni anglaş uçun yetarli.
Bir yil ehtimol kam vaqt. Ammo hayotni özgartiriş, dunyoqaraş ustida işlab, haqiqatlarni anglaş uçun yetarli.
Assalomu alaykum.
2021 yil yanvardan boşlangan ilmiy tadqiqotim nihoyasiga yetdi. Alhamdulillah. Mavzu "Alişer Navoiy "Ğaroyib us-siğar" devoni konteksti nazariy masalalari" deb tasdiqlangan. Qariyb uç yil içida: - eski turkiy alifboda öqiş malakasi ustida işladim; - kataloglarda "Xazoyin ul-maoniy" devoni deya körsatilgan 11 ta qölyozma nusxa bilan tanişdik, bu nusxalarning barçasi tadqiqot va kolofonlarda 15-asrga oid deb körsatilgan; - maşaqqat bölganini e’tirof qilaman; - dissertasiya yoziş jarayonida 300 dan ortiq adabiyot bilan tanişdik; - matn nazariyasi, nazariy va amaliy matnşunoslik kabi masalalar haqida izlaniş olib bordik; - yiğma-qiyosiy va ilmiy-tanqidiy matn istilohlari ta’riflarini oydinlaştirişga harakat qildik; - kontekstual tahlil metodologiyasi va metodi töğrisida bilgilar berdik; - "Ğaroyib us-siğar" devoni yiğma-qiyosiy matni tayyorlandi, törtta qölyozmani soliştirib farqlarni körsatdik, boşqalarini qölga olişga muyassar bölmadik, iloj yöq edi; - turli darajadagi konferensiyalarda qatnaşdik, turli ilmiy jurnallarda maqolalar çiqardik; - dissertassiya asosida monografiya tayyorladik va tahrirlamoqdamiz; - "Hayrat ul-abror"ning şarhini bir jildga jamlaş niyati bor edi, Xudoyim muvaffaq etdi, kitob ayni paytda bosmaxonada. Hammasi uçun alhamdulillah.
Iş köp. Vaqt oz. Döstlar sanoqli. Duşmanlar adadi noma’lum. Vujud zaif. Dunyo titroqda.
Insonning esi har kuni kiradi. Vaqt odamlarni, tuyğularni, yaxşilarni va özini qadrlaşni örgatadi. Ayrim masalalarda murosa qilişni boşlaysan, ayrim masalalarda kelişuv yöllarini yopasan.
Keçirasan. Keçirişni, keçirilişni istaysan.
Ayrim örinlarda şafqatni lozim tutasan, gohida qattiqqöllik eng töğrisi ekaniga şubha qilmaysan.
Gohida burçakda ötirasan. Gohida heç qayerga siğmaysan.
Bularning hammasi ilm yoki mutolaaga boğliq emas, bu tajribalarga, yurak oğriqlari, qalb faryodlari, sassizlik va sözssizlik, ilojsizlik va noçorlik hamda yillarning ötişiga boğlanadi.
Parvardigorim hayotimizni yoruğ, qalbimizni nurli, aqlimizni oqil, fahmimizni töğri aylasin.
12. 11. 2024.





Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.