Til

Oçközlik va şuhratparastlik kasalidan omonda böliş eng katta baxt, çunki bu ammora nafsning ajralmas…

Oçközlik va şuhratparastlik kasalidan omonda böliş eng katta baxt, çunki bu ammora nafsning ajralmas sifatlaridandir.

Hozir "ilğor" yoşlarimiz orasida "Ösiş" degan söz köp aylanmoqda. Ya'ni ular biror iş joyidan "ösmayotganini" bahona qilib ketib qolişyapti. Nima emiş, yangi könikmalarga erişmayapman, qotib qolyapman emiş. Holbuki, oylik va şaroitlari qoniqarli, uni tarbiyalagan rahbar va jamoa bor.

Bu fikrlar gödak zehniyatning namoyişi bölişi bilan bir qatorda oçközlikka va şuhratparastlikka ozgina aloqasi bor. Ya'ni yangi iş joyidan kelgan taklif kattaroq oylikni va'da qiladi. Hamda yoşlar tengdoşlariga qarab, özlariga tön biçadilar. Ya'ni tengdoşi biror yutuqqa erişgandek körinsa, yoki sayohatlarda yurganini körsa, bas, içiga olov tuşadi: "men-çi? nega men emas? qaçon men?"

Mana şu hasad, oçközlik hamda tengdoşlar orasida nom qozoniş uçun yoşlar "ösiş"ni istab qolişadi.

Bu bir vasvasa, xolos. Öşa yoşlarga yoşi kattalar aytişi kerak, mana, biz aytamiz: aziz yoş döstim, rizqingiz şu işingizdan kelib turibdi, sizga ğamxörlik qilgan boşliqqa nonkörlik qilmang, ikki söm köp pul beraman degan va'da uçun sizni tarbiya qilgandan yuz ögirişga şoşilmang, zotan, baraka, hajmda emas, odamlar millionlab topsa ham zarraça baraka topmaydilar. Baraka qalbning xotirjamligi, işni halol bajariş, tartibli yaşaş, halollik va samimiylik ila keladi.

Ikkiyuzlilik, özini har tomonlama körsatişga intiliş yigit zotiga yaraşmaydi, bu kiyim kiyib reklama qiladigan model zaifalarning işiga öxşab ketadi.

Demak, xulosa şulki, moddiy qulaylik istab özingizni qiynayvermang, joningizni ham, taningizni ham. Mol-dunyo közini kör qilgan tengdoşlaringizga qarab sölagingiz oqmasin, yemoqning qusmoği bor, bu hovliqmalik ularga tösatdan zapusk va şu kabi işlar ortidan kelib qoldi, qöllaridan mol-mulklari ketib qolsa, asl narx-u qiymatlari m'alum böladi.

Gohida ayrim yoşlar özlariça "elite" guruh qilib olganiga guvoh bölamiz: qimmat xaridlar, qimmat restoranlar, orkestrlik keçalar... Subhanalloh, azizlarim, kimlarga taqlid qilyapsiz? Milliarderlargami? Boylargami? Közini şira bosib, qalbi öçoqning mörisidek qoraygan, hamdardlikdan yiroq puldorlargami?

Özlaringizni bu qadar kirlab taşlamangizlar!

Yoş boşingiz bilan bunçalik oçköz, boyliksevar, moddiyatquli bölmangizlar.

Endi bu bir nasihat, har tugul, öşa havas qilayotganlaringiz milliarderlarga bu gap ta'sir qilmaydi, ayş-işrat va kayf-u safo aql va qalblarini tanbeh va hikmat kira olmaydigan darajada qulflab taşlagan; lekin sizlar hali kitob öqiysizlar, hali qiziqasizlar.

Şul bois, gaplarimizni bir eslab qoling, garçi bu gaplar sizlarni oqib borayotganingiz ğaflat daryosidan qutqarib ololmasa-da, biror kun eslaysiz va ruhingiz ehtiyoj qilgan haqiqatga borişingiz uçun asqotib qolsa, ajab emas.

Akrom MALIK

2 110marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.