Til

Uşbu matnda eskilarning, yana ham aytsak, ma’rifatli oilalarning tarbiya uslublari haqida aytib bermoqçiman.…

Uşbu matnda eskilarning, yana ham aytsak, ma’rifatli oilalarning tarbiya uslublari haqida aytib bermoqçiman. Agar farzandlaringiz tiniq fikrli, fahm-u farosatli, özaro mehrli hamda ahil-inoq bölişini istasangiz, uşbu qoidalarni mahkam özlaştirib oling va amalda qöllang: 1. Heç qaçon bolalaringizni yerga urmang. Sen eplolmaysan, lattasan, gölsan demang. Imkon qadar yaxşi sözlar bilan tarbiya qiling. Demak, bolaga tahqirli sözlar aytiş mutlaqo va mutlaqo taqiqlanadi. 2. Heç qaçon bolangizning ayb-u nuqsonlari haqida eng yaqin odamlaringizga ham şikoyat qilmang. 3. Bolangizni begonalar oldida ham, qarindoşlar oldida ham izzat bilan çaqiring, unga muloyimlik ila muomala qiling va ayni paytda erkalatib, taltaytirib yubormang, xato qilsa ham, jiddiylik va yumşoqlik bilan buni ayting. 4. Bolaga jazo beriş zarurati tuğilsa, avval aybiga iqror qiling. U özi anglaşi uçun şaroit yarating. Söng u jazoga loyiq ekanligini tuşunadi. Jazoda haddan oşmang. Ammo jazodan avval uç marta aniq va ravşan afv qiling. 5. Hurmatli onalar! Eringizga zarda qilib, bolangizga qattiq gapirmang, bu tarbiyasizlik va ahmoqlikdan dalolatdir. 6. Bola xato qilsa, undan nima xatoga yöl qöyganini özi fahmlaşi uçun harakat qiling. Özing öylab kör deyişni biling. Xafa bölsangiz, buni ayrim belgilar bilan bildiring. U otamni yo onamni ranjitdim deb öylaşi, qaysi işi bunga sabab bölganligini fikr qilişi, afsuslanişi hamda uni özidan taşabbus qilib töğirlaşiga yöl bering. 7. Öğil bola qat’iyatli bölişi uçun unga qat’iyat talab qiladigan işlar buyuring. Qiz bola nafosatli bölişi uçun hamişa muloyim muomala qiling. Qiz bolaga ham, öğil bolaga ham otaning özi oçiq gapirmagani, balki ona vositasida gapirgani ma’qul. Bu iyerarxiya tartiboti öta muhimdir. 8. Farzandlaringizni oila sirlarini, özining sirlarini mahkam saqlaşga odatlantiring. Uning uçun sir bölgan va siz biladigan narsalarni özidan boşqaga, balki boşqaning oldida yuziga solmang, aytmang. Ayrim paytlarda özaro sirlaringiz borligini işora bilan bildirib qöying: “Özing bilasan-a!” – şaklida. 9. Hurmatli ota-ona! Orangizda kelişmovçilik tuğilsa, heç qaçon bir-biringizni bolangizga yomonlamang. Bu tarbiya qoidalariga qat’iyan amal qilsangiz, sokin tabiatli, asabiylaşmaydigan, sabrli, halim va viqorli, farosatli va tabiati pok farzandni ulğaytirasiz, inşaAlloh. Tabiiyki, bolangiz haqiga doimo duo qiling. Biror kuningizda bu duoni unutmang. Bola tarbiyasi bilan boğliq köp qoidalar bor, asosiy tuyulganlarini bayon qilindi.

Akrom MALIK

Кирилл ҳарфларида ўқинг!

2 290marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.