HAYOT JUDA HAM ODDIY VA GÖZAL, uni murakkab va qabih qiladigan insonning nafsidir.
HAYOT JUDA HAM ODDIY VA GÖZAL, uni murakkab va qabih qiladigan insonning nafsidir. Qayğuga tuşişga sira ham hojat yöq, şunçaki, odam bolasi pok bölsin, gunohlardan yiroq bölsin! Kibr va farosatsizlikdan xoli tursin; hasad va yolğondan uzoq ketsin; ğiybat va çaqimçilikdan xalos bölsin! Özingni bil, özgani qöy, har xil odamlar bilan gaplaşiş va döstlaşişdan qoç, qadrdonlarni ardoqla, sadoqatli, sabrli böl, tabassum qil, yengil yur, ibodatlarni kanda qilma, boşqalar bilan hayotingni soliştirma, boriga qanoat qil, foydali iş bilan band böl, hammasi juda oddiy, har kişining qölidan keladigan iş emasmi? Hayot juda oddiy va gözal,oddiygina yaşaylik va gözal yaşagan bölamiz şunda, inşaAlloh! Kuç-qudrat, şon-şuhrat haqida öylama, özingni qiynama-ey! Rizqing uçun duo qilgin, mana şu ham rizq uçun qilingan sabab. Voqeani öqigin, mana şu ham zör sabab! Şu sabablarni joriy qil, boşqasi uçun ham ğayrat keladi, nima qilasan endi rizq deb özingni ötga urib, çöqqa urib? Rizq beriş — Xudoning işi, bermaganini tortib olarmiding? Berganini qaytarib otarmiding? Boriga şukur qil, tamom. Nima qilasan, rizq deya özingni qiynab-a! Sen öz işingni qil, bandaning işini qil, çiroğim.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.