Inson öz istaklari darhol bajo bölişi uçun harisdir: tezda boy bölay; tezda olim bölay; tezda uy olay; tezda…
Inson öz istaklari darhol bajo bölişi uçun harisdir: tezda boy bölay; tezda olim bölay; tezda uy olay; tezda ulov olay; tezda uylanay; tezda erga tegay… Aslida, qalbda biror niyat, biror xohiş uyğonsa, amalga oşsin deya yurakning hapqirmagani yaxşi. Sel hammayoqni buzib tezda tinçiydi. Soy qançalik şovqin solsa, şunçalik quvvati sust. Qörqoqning tovuşi baland yangraydi. Çuqur öylab, maqsadlarni aniqlamoq lozim. Şu maqsad yölida vazminlik va viqor, reja va doimiylik bilan qadam taşlamoq kerak: har kuni maqsad sari intil, lekin töxtama. Şoşsang, har kuni maqsading özgaradi; har kuni ğam çekasan; har kuni hasad qilasan. Şoşmasang, har kuni işlaysan; har kuni natija körasan; har kuni quvvatga tölasan va har kuni xulqing gözallaşadi. Bitta işning boşini tutsang, albatta, hosilini terasan. Şubha qilma.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.