Til

Mumtoz oila

TÖRTINÇI BOB

TÖRTINÇI BOB

Birinçi fasl

QIZ

Öğli borning örni bor, qizi borning qadri. Qiz borning nozi bor. Qiz – jannatning kaliti. Qiz – oilaning fayzi. Qiz – mehrning buloği. Odamlar qiz körganda farzand mehrini topadilar. Qiz – sadoqat timsoli, poklik ramzi, yaxşilik va barokat xabarçisi. Qizi borning bağri butun. Qizi yöqning bağri kemtik. Qiz oilaning eng yuragi. Har bir qiz oila uçun hayot va mamot ramzi. Qizlar – oilaning siri, şarafi. Qiz qanday bölsa, oila ham şundaydir. Qizning iffati va pokligi – oilaning iffati va pokligi. Qizning oqila, tezfahm va farosatli ekani – oilaning salomatligi va sihhatidandir. Qizning mehnatkaş, odobli, çaqqonligi – oilaning komil va naslning oliyligidandir. Qizning baxtiyor va rozi, közlari çaraqlagan va yuzlari nurliligi – ota-onaning donişmandligi, bağrikeng va qat’iyatidandir. Qizning matonati, irodasi, sadoqati – naslning, sulola zotining haqiqati, sifatidir. Qiz iffatli bölsa, oilaning yuzi yoruğ. Qiz mehnatkaş bölsa, oilaning rizqi barakali. Qiz muloyim va nafis bölsa, oilada sakiynat va saodat hukm suradi. Qiz himoyada bölsa, butun oila himoyalangan hisoblanadi. Qiz begona közlarning tahdidi, hujumi va şahvatidan omonda bölsa, oilaning zoti, nasabi, şarafi omondadir. Qiz sirli bölsa, bu uning uçun abadiy zirh; qiz şirin tili bölsa, bu uning abadiy qalqon. Qiz qanoatli va itoatli bölsa, bu uning baxt kafolati. Heç qaçon bunday fazilatli va komila qizlar baxtsiz bölmaydilar. Oilaning töriga talpingan qiz – behad baxtlidir. Qiz hayosiz; oçköz; yengiltak; aqlsiz; şalaqi, iffatsiz; sabrsiz; yengiltak; ikkiyuzlamaçi; dangasa; betgaçopar; bezbet; surbet; itoatsiz; matonatsiz; fikrsiz; farosatsiz; ahmoq bölsa, öşa oilaning poydevoriga darz tuşibdi; sulola xatar ostida, nasl xavf tagida qolibdi. Bunday qiz ota-onaning musibati; aka-ukalarning şöri; tegadigan erining baxtsizligidir. Köçaga çopib, uydan qoçadigan, nasihatni olmaydigan va qarovsiz qolgan eng şörpeşona qizdir. Barça qizlarga komil va tökis şodlik, baxt va pokiza sevgi yor bölsin!

Akrom MALIK

2 780marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.