Mumtoz oila
TÖRTINÇI BOB
TÖRTINÇI BOB
Ikkinçi fasl
Qizlarga maktub
Qizgina! Sen juda zarif, nafis va zaifa yaratilding. Sening quvvating va izzating şu sifatlaringdadir. Sen sevikli va qadrli yaratilding, senga sevgi itoating, farosating va şirin sözlaringdan keladi. Qizgina! Özingni namoyiş qilişga şoşma, har xil ziynatlarga öç bölma, dugonalaringga qarab havas zanjiriga boğlanma. Sening özing alohida olamsan, sen bir kitobsan, uning varaqlarini hammaga oçib taşlama. Qizgina! Agar sen oila himoyasidan taşqariga çiqsang, tuxumdan çiqqan quş palaponi qanday jiş bölsa, şunday jiş holda qolasan. Sen meni begonalar himoya qiladi deb öylama, har qanday begona bu sovuq dunyoda senga vahşat közi bilan qaraydi. Qizgina! Bilasanmi, sen qançalar sevgi va mehrga loyiqsan! Sening qalbing qançalar sevgi va muhabbat bilan tölib-toşgan! Va özing qançalar sevgi va mehrga muhtojsan! Sening mehring bölmasa, olam qahratonda qoladi; senga mehr berilmasa, sen gulning butasi kabi qurib qolasan. Hammaning mehrini qozonaman, hammaning sevgisini egallayman deb öylama, hammaning sevgisi va mehri – yöq narsadir; hammaniki bölgan narsa – egasiz narsadir. Sen faqat özingga tegişli insonlar mehri bilan yaşay olasan; sen faqat özingga tegişli insonlarga mehr berib, kimlarnidir yaşata olasan. Senga tegişli insonlar – bu ota-onang; opa-singling; aka-ukang…; va Xudo ato qiladigan umring yöldoşi – xöjayiningdir. Söng farzandlaring. Ulardan boşqa hamma senga begona, ularning erkasi Sen. Ularning boyligi – Sen. Sen uçun ham ular sening hayoting mazmunidir. Şu sababli özingni heç qaçon begonalar qöliga va nazariga taşlama! Qizgina! Qalbingda hasad bölmasin. Opa-singillaringga hasad qilma, ularga samimiy va mehrli böl. Sen uçun yaqin va eng yaxşi sirdoş – opa-singillaringdir. Qizgina! Senga qisqa va soda gapirdim. Bu sözlarni yodlab ol. Ma’nosini çaq. Va qançalik qadring balandligini unutma. Sen hayotning javhari, nuri va ildisizsan. Butun olam senga muhtojdir. Özingni hamişa asra. Pok nomingga duşmanlar hiylasiga uçib doğ tuşirma, u doğni ketkaziş juda qiyindir. Allohga omonat böl, qizgina!
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.