Til

Iymon

Jonim vujudimni tark etib mutlaq

Jonim vujudimni tark etib mutlaqTanim kirmagunça Yer quçoğiga,Uyqu xohlamasman yo Robbim al-Haq,Ğaflatga solmagil umrim boğida.Bir on söndirmagil – sönmoq ölimdir,Yonmasam, yaşamoq qandoq bir qayğu.Amr etgaysan – yöling mening yölimdir,Bunda közlarimga bermagil uyqu.Şaytondan qörqmagil, ey qalb – notavon,Robbingga taslim böl, ey nafsi mujrim.Ölimdan gözalroq yöq manzil – makon,Ul manzil quvonçin unutma bir zum!Yuksal! Yuksal! Közlar senga yetmasin,Eslasinlar seni yoruğ tuş kabi.Qanot qoq Arş qadar tinglab Haq sasin,Qafasdan qutulgan buyuk quş kabi.Şarmanda etmagil, aylagil satr,Heç qaçon egmagil boşimni, Robbim.Olovdek dardlarim quçoği içraKavsar qil közdagi yoşimni, Robbim!Akrom MALIK2019

1 770marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.