Sevgi
Bu odam baxtga qarşi fido bölmoqqa kelgan,
Bu odam baxtga qarşi fido bölmoqqa kelgan,Yaxşilarning işqida ado bölmoqqa kelgan.Olamda muhabbatdan bölak ma’no yöq deyaÖliklar orasida ğavğo qilmoqqa kelgan.Naçora, zulmu qahru ğazab bosgan olamga,Iztirobu oğriqlar, azob bosgan olamga,Şunday insonlar nogoh kelib qolgay yuk bölib,Ey döstlar, yaxşilar-çun mozor qazgan olamga.Bu insonga hammaning ozori ham tayyordir,Boşiga kelgay savdo bozori ham tayyordir.Mehru muhabbatidan bu qadar bezor bölmang,Tezda borar makoni - mozori ham tayyordir.Bu şu qadar yomonki, yaxşilikdan tiyilmas,Metindek mustahkamki, malomatdan yeyilmas.Yuragiga tiğ sançing, qon oqsa, inşaaAlloh,Tanasidan boşqa heç tuproqlarga yoyilmas.Mehridan bezsangiz gar jigar-bağrin tilgaysiz,Gözal, xuşböy bölsa gul, bitta-bitta yulgaysiz.Malol kelsa xizmati, yoqmay qolsa himmati,Sabr qiling, birodar, öladi, qutulgaysiz.Akrom MALIK22.07.2024.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.