Til

Sevgi

Muhabbat bir kalitdir, sirlar eşigin oçgay,

Muhabbat bir kalitdir, sirlar eşigin oçgay,Muhabbat bir nurdir, şaytonlar undan qoçgay.Muhabbat qudratidan qoyalar joyidan köçgay,Muhabbatdan ayirmagin, yo mehribon Allohim!..Maşaqqatlar muhabbat-la osonlikka aylangay,Yerda tuğilgan zotlar osmonlikka aylmangay.Muhabbatning riştasi mangulikka boylangay,Muhabbatdan ayirmagin, yo mehribon Allohim!..Yorni keçayu kunduz zikr etmak muhabbatdir,Yöllariga har lahza köz tutmak muhabbatdir.Zahar bersa şakar deb şod yutmak muhabbatdir,Muhabbatdan ayirmagin, yo mehribon Allohim!..Muhabbatdan lof urgan kazzoblardan bezorman,Yolğon işqu nafs bergan azoblardan bezorman.Sevgi rangida bölgan saroblardan bezorman,Muhabbatdan ayirmagin, yo mehribon Allohim!..Muhabbatni bu ötda yonmaganlar bilmagay,Muhabbat-çun özligidan tonmaganlar bilmagay.Ayriliq şarobiga qonmaganlar bilmagay,Muhabbatdan ayirmagin, yo mehribon Allohim!..Muhabbatning rangida makru hiylalar köpdir,Yolğondan köz yoş tökkan toşdek diydalar köpdir.Oşiqman deb öylagan yoş-yoş navdalar köpdir,Muhabbatdan ayirmagin, yo mehribon Allohim!..Hamon izlab yuribman bir yori vafodorni,Muhabbat deb atalgan mangu yaşil bahorni.Agar uddalab ötsam işq degan kasbi korni,Umrimdan rozi edim, yo mehribon Allohim!Ey işqdan xabarsiz zot, qalbingga nazar etgil,Işqning sahrolariga sen ham bir safar etgil,Işqning ötida yonib manzilga omon yetgil,Muhabbatdan ayirma, yo mehribon Allohim!..Akrom MALIK21.07.2024.

1 980marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.