Sevgi
Sening kunlaringda men körinmasman,
Sening kunlaringda men körinmasman,Kezgan gulzorimdan topmassan izim!Sensiz yiğlamasman, sensiz kulmasman,Neçun beşafqatsan, ey ohu közim?!Hasratim qonida ğarq bölib ketdim,Hijronim – quyoşdek, şarq bölib ketdim.Quyoşin yöqotgan ğarb bölib ketdim,Neçun sas bermaysan, ey ohu közim?!Sensiz lahzalarni aqlim tanimas,Sensiz tuyğularni qalbim tanimas,Menga zulm qilding, mayli, menimas –Inson qadrini bil, ey ohu közim!Sendan keçib ketgim kelar, netayin?!Sendan qoçib ketgim kelar, netayin?Ammo özdan qoçib qayga ketayin?!Nega eşitmaysan, ey ohu közim?Kunduzlar qoraydi – çunki sen yöqsan,Qora tun toraydi – çunki sen yöqsan,Qalb seni söraydi – çunki sen yöqsan,Xabar ber özingdan, ey ohu közim!Heç tutqiç bermaysan ohu kabi sen,Köksimni kuydiring yohu kabi sen!Seni oğu kabi içganmidim men?!Jonimni qiynading, ey ohu közim!Toki yaşarkanman dunyoda muztar,Toki yetmas senga faryodim – xasta,Ölsam, ruhim Senga sözlamoq istarTuşlaringga kirib, ey ohu közim!Akrom MALIK2023
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.