Til

Sevgi

PARVONA SIRI

Parvona haqida juda köp gap bor,Ayturlar: olovga özin urgay u!Neçun bunday qismat? Qanday matlab bor –Otaşga bu qadar jasur kirgay u?!Neçun yonmoqqa u bunçalar oşiq –Kuyiş javharida qanday sir pinhon?!Borliqdan, oçiq bu olamdan qoçib,Ötning quçoğidan topgaymi jahon?!Heç banda bilmagan buning javobin,Hatto oqillarga yopiq bu jumboq.Men esa deymanki: tözğitib xobing,Sen ham gulxan içra joningni bir yoq.Mening oromim yöq, ixtiyorim yöq –Otaş çangalida qolmaydi toqat.Sen haqdagi öyning bitta uçquniJonu jahonimni yoqar beşafqat.Balki Sening sevging – gulxandir, Valloh,Bilmam, zanjirlangan Xalildirman men?!Ötda kuymagimdan aqlimu ogoh,Neçun otaşingga zalildirman men?!Ertam qanday bölar – mutlaq qoronğu,Ammo bugun holim bağoyat ğarib.Şunday yaşayversam kuyib kundan kun –Parvona siriga yetsam, ne ajab...Akrom MALIK19 yanvar, 2023 yil.

1 900marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.