Hikmat
Buyruq bermoq lozim bölsa, başarti,
Buyruq bermoq lozim bölsa, başarti,Hamişa yodingda bölsin qoida:Har amrning ado bölmoği şarti –Bajargan odamga yetsin foyida!Naqd nafni körmagan yo muhtoj emasOdam har ne buyruq, albat, unutgay.Toki odamzodda ehtiyoj emas,Biror işni, axir, ne uçun tutgay?!Magar qalbning közi kör bölsa, insonUluğ foydalarni körmas tabiiy.Sen esa eslatgil, eslatgil har on,Yaxşilik bobida bölsang samimiy.Çunki başar xayli faromuşxotir,Unutmoqqa bordir hamişa mayli.Unutgan odamdan olma xavotir,Unutdi eslatmoq işing tufayli.Sen tutib tursangu qöllaringda bong,Heç kim unutmasa vazifasini.Eslatguvçi kimsa kerakmi, ne tong,Yopsang eslatmalar sahifasini.Şul bois, kim neçuk ğaflatda qolsin,Öz işingni bajar, unutma heç payt.Faqat aziz joning salomat bölsin,Yoddan çiqmas işlar haqda köproq ayt!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.