Hikmat
Qadim zamonlarda insonlar hamon
Qadim zamonlarda insonlar hamonDunyo kirlaridan qoçgan vaqt edi.Tafakkur quyoşi porlasa, jahonYorişib, şu nurni topmoq baxt edi.Möysafid toğlarning bağrida bir pirMakon tutgan edi yolğiz, şikasta.Dunyoni tark etib, xilvatga sabr,Mehnatga ajrni topib vobasta.Ammo donği tarqab ahli hol içraEtagin tutgani kelaverdi xalq.Murşid dedi qolib qiylu qol içra:“Haq uçun odamlar xizmatiga qalq”.Heç kimni tutmadi xonaqohda u,Kelganga yumuşlar buyurdi qator.Va’zi qisqa edi, zikri pinhonu,Xomuşlikka göyo bergandi qaror.Bir oğiz söziga taşna olomonBoyligu sarvatni tökdi birma-bir.Pir uçun bir edi bor, yöqmi jahon,Qanday boqsin endi dunyoga, axir?Talab qilib keldi ikki döst uni,“Bizga yöl körsating, ayo murşid!” – deb.Ustod boş irğadi, çiqmadi uni,Hatto nasihatni körmagandek ep.Yumuş buyurildi ikki yigitga:Biri pastdan suvni taşir yuqori.Biri xalloslaydi çöqqiyu çetga,Yilqiyu suruvning ortidan borib.Biriga bu mehnat keldi köp malol,Qani irfon dedi, qayerda avrod?!Pirni topib bölmas, axir, qanday hol,Bu umr isrof-ku, hayhotu hayhot!Ammo zabt etmoqqa murşid köngliniBel boğlab otildi işga paydar-pay.Izlab keça-kunduz hurmat yöliniXizmatga özini körsatardi şay.Ammo qança qilsin jonini fidoPirdan kelmas edi xos bir iltifot.Göyo tirik emas, ölikka vidoQilgandek boqardi közlari, hayhot!Yigit nazar soldi döstiga, ajab,Ölikka öxşardi uning har işi:Izzatu hurmatni qilmasdan talabQuldek işlaş edi uning taşvişi.“Men bunga könmayman!” – dedi ul şujo,Pirning huzurini bordiyu topib,Izn sörab ayon etdi muddao,Barça istixola eşigin yopib.Tabassum ayladi unga avliyo,“Xöp”, – deya jilmaydi, “Xuş bor, xayr bor”.“Közingni yum, – dedi, – köp çekding jafo,Qaytişing oldidan bitta sayr bor”.Közini yumdiyu yigit öşal onVa oçib özini yöl uzra kördi.Bir tuya turardi safar-çun şoyon,Tuya xurjunida bir xat bor edi:“Bu yölning siri köp, betoqat bölding,Sabr aylamading sinov soyiga.Hamma azobidan endi qutulding,Xotirjam qaytaver kelgan joyingga.Bu yölga işq ila qöyilgay qadam,Şunda har toşga boş tutolgay oşiq.Soxta işq yetaklab kelganda odamTura olmas bunda aqlidan oşib”.Akrom MALIK

Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.