Iymon
Öz holimdan juda qattiq qörqaman,
Öz holimdan juda qattiq qörqaman,Netgum qilmişlarim kelsa qidirib?!Tanda titroqlarim tarqab-tarqamay,Robbim, qarşingdaman yuzim sidirib.Agar öz holimga suyansam edi,Nadomat qölida bölardim halok.Savob işlarimga suyunsam edi,Zinhor şodliklarni qilmasdim idroq.Har kun yaşaş uçun qolmaydi kuçim,Har tun boş qöyaman horğin, ğamzada.Netay, ololmayman özimdan öçim,Har on malomatlar menga hamqadam.Holimni önglagil, mehribon Robbim,Rahmating ipiga ilingan xasman.Kundan-kun ortmoqda yiği, azobim,Netay, besabrman, noşukur kasman...Oşkoru pinhona dardimdan ogoh,Senga ayon, axir, har bitta sirim.Rahmatingdan menga ato et panoh,Ğazabingdan behad qörqaman, Tangrim!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.