Iymon
Inson xoli emas jurmu gunohdan,
Inson xoli emas jurmu gunohdan,Xato odamzodning xossasi erur.Köngil uzilmagay azobli ohdan,Sabr – har kişining kosasi erur.Nafs iting quturib, şaytoning yutib,Agar tuğyon qilsang, oh, qanday hasrat!..Söng aşkka çömilib, tavbani tutib,Poklik istamasang, endi bu la’nat…Issiq jon isitma qilmasa bölmas,Taning xastalansa, bu ham oğir iş.Agar Alloh sözi tilingga kelmas,Demak, u oğriqning nomidir qarğiş.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.