Hayot
Qiya oçilganda aççiq hayotning
Qiya oçilganda aççiq hayotningPölatdan yasalgan oğir eşigi,Bir öspirin tinglab vazmin faryodni,Dilida tebrandi qörquv beşigi.Yoşi uluğ zotdan sördi şuning-çun:"Menga xabar bering, ey aziz inson!Hayot zalvorini his etdim bugun,Qalbimda uyğondi xavotir çunon.Ne qilsam, azobim kamroq bölgaydir,Ne qilsam, xatodan turgayman uzoq?!Ne qilsam, tuqqanim yuzi kulgaydir,Va tutolmas turfa şaytoniy tuzoq?!"Qisqa javob qildi uluğ qariya:"Buning-çun ulğaymoq kerakdir, bötam".Yigitning yuragi hasratdan kuyaDedi: "Ulğaymoq ne! Ayting-da, otam!""Eng avval saqlagil purviqor tarzing,Har bir sözing uçun bölsin tarozi.Şunda uvol ketmas qimmatli lafzing,Yaxşidir hamişa kalomning ozi.Şunda ulğaymoqqa qöygaysan qadam,Oçilgay haybatning ostonalari.Va bölmoq istasang çin katta odam,Eşit nasihatning durdonalarin.Ya’ni kimdir ursa dilingga xanjar,Kimdir tark aylasa dargohing tuyqus;Xuddi sen ölgandek holingdan xabarOlmasa bir kuni eng jonajon döst;Garçi tölib ketsa içing sözlarga,Garçi istasang-da, qilmoqni ifşo,Boqib senga boqqan qora közlarga,Şunçaki, qadarni qilib tomoşo,Sasing şikoyat-la çiqmagay mutlaq,Hatto tabassumni bermagaysan boy.Endi ulğayganing bölgay muborak,Endi katta odam atalgaysan, toy".Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.